QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят42

فَوَٰكِهُ ۖ وَهُم مُّكْرَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Meva-chevalar bordir. Ular ikrom qilingan hollarida...Мева-чевалар бордир. Улар икром қилинган ҳолларида...Alauddin Mansour: (Har turli) mevalar boʻlur va ular hurmat-izzat koʻrguvchidirlar.(Ҳар турли) мевалар бўлур ва улар ҳурмат-иззат кўргувчидирлар.

447-sahifa · 23-juz · 45-hizb447-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَوَٰكِهُ ۖmeva-chevalarмева-чеваларوَهُمva ularва уларمُّكْرَمُونَikrom qilingan hollaridaикром қилинган ҳолларида
TafsirТафсир

Jannat ahllari haqidagi qurʼoniy vasfni buzmaslik uchun oyatlarni ketma-ket tarjima qildik. Bu goʻzal vasfni Allohdan boshqa hech kim qila olmaydi.

Kofirlar gunohlari uchun jazo oʻlaroq jahannam azobiga uchrasalar, moʻminlar tamoman boshqacha holatda boʻladi. Ixlosli moʻmin bandalar uchun oʻzlariga xos maʼlum rizq bor. Bu rizq turli-tuman meva-chevalardan iborat. U meva-chevalar ularga koʻringan joyda berilmaydi. Balki ular izzat-ikrom etilgan holda, naʼiym jannatlarda–nozu neʼmat jannatlarida taqdim etiladi. Muxlis- moʻmin bandalar oʻsha nozu neʼmat jannatlarida yasatilgan, ustiga, atrofiga goʻzal pardalar tutilgan soʻrilarda bir-birlariga qarab, huzurlangan hollarida boʻladilar. Jannatning xushroʻy xizmatkorlari tomonidan ularga oqar chashma sharobi toʻldirilgan qadahlar aylantirib turiladi. U qadahlardagi sharob goʻzal–oppoq boʻlib, ichuvchiga lazzat baxsh etadi. U sharobda bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, qorin ogʻrigʻi kabi hech qanday zararlar yoʻq. Uni ichgan odam sarxush–mast boʻlib har xil gap-soʻz va qiliqlar ham qilmaydi. U sharobdan faqat lazzat va xursandchilik paydo boʻladi, xolos. Buning ustiga, ixlosli bandalar huzurlarida koʻzlarini oʻz juftlarigagina qaratgan, boshqalarga umuman koʻz tashlamagan, koʻzlari oʻta goʻzal hurlar boʻladi. Ular shu darajada oppoqki, xuddi berkitib asralayotgan tuxumga oʻxshaydilar.

Muxlis-moʻmin bandalar ana shunday noz-neʼmat, izzat-ikrom va rohat-farogʻatda turib oʻzaro suhbat boshlaydilar.