QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
As-Saffat surasi · Oyatсураси · Оят89

فَقَالَ إِنِّى سَقِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va: «Albatta, men bemorman», dedi.Ва: «Албатта, мен беморман», деди.Alauddin Mansour: «Aniqki, men kasalman», dedi.«Аниқки, мен касалман», деди.

449-sahifa · 23-juz · 45-hizb449-саҳифа · 23-жуз · 45-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَقَالَva dediва дедиإِنِّىalbatta, menалбатта, менسَقِيمٌۭbemormanбеморман
TafsirТафсир

Tafsirchi ulamolarimiz keltirishlaricha, Ibrohim alayhissalomning qavmida maʼlum va mashhur bayramlar boʻlgan. Baʼzi tafsirchilar mushriklarning bu bayramini Niyroʻz yoki Navroʻz boʻlsa kerak, deydilar. Ular oʻsha bayramlarida bogʻlarga, saylgohlarga, oʻyin-kulgi va kayfu safoga chiqishar edi. Chiqishdan oldin esa, soxta xudolari huzuriga turli meva-chevalar qoldirib ketishar edi. Oʻyin-kulgi va kayfu safodan keyin kelib, oʻsha taomlarni muborak taom sifatida qaytarib olishar edi.

Nobakor qavmning toʻgʻri yoʻlga yurishidan umidlari uzilganidan keyin Ibrohim alayhissalom oʻzlaricha bir reja tuzib, mazkur bayram kunini kutdilar. Ul zot oʻz qavmlaridan koʻrgan nobakorlik, sarkashliklar oqibatida yuraklari juda siqilgan, huzur-halovatlarini yoʻqotgan, qavmlari uchun qaygʻurib noqulay holatga tushib qolgan edilar.

Bayramga otlanib chiqqan qavm aʼzolari Ibrohim alayhissalom huzurlariga kelib, u kishini oʻzlari bilan bayram qilishga chaqirishdi. Shunda:

«Bas, U yulduzlarga bir nazar soldi...»

Haligi odamlarga javob berishdan oldin, xuddi ibodatxonadagi boshqa odamlar kabi, osmonga oʻziga xos bir nazar soldilar. Bu holatlari suhbatdoshlarida, u osmondagi yulduzlardan biror narsani bilib oldi, shekilli, degan gumon paydo qilishi mumkin edi.

«Va: «Albatta, men bemorman», dedi».

Yuraklari siqilaverib, noqulay holatga tushib qolganlarini aytdilar. Qavmlariga kuyaverib, qalblari dardga toʻlganini bildirdilar. Shoshilib turgan odamlar bu gapdan keyin darhol Ibrohim alayhissalomni qoldirib, yoʻllarida davom etishdi.