فَرَاغَ إِلَىٰٓ ءَالِهَتِهِمْ فَقَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, tezda ularning xudolariga burildi va: «Qani, yemaysizlarmi?!Бас, тезда уларнинг худоларига бурилди ва: «Қани, емайсизларми?!Alauddin Mansour: Bas, (Ibrohim) asta ularning butlari oldiga kelib: «(Oldilaringizdagi) taomlarni yemaysizlarmi?Бас, (Иброҳим) аста уларнинг бутлари олдига келиб: «(Олдиларингиздаги) таомларни емайсизларми?
Ibrohim alayhissalom darhol mushriklarning ibodatxonasidagi but va sanamlariga qarab, ularning oldidagi, odamlar qoʻygan taomlarni koʻrsatib:
«Qani, yemaysizlarmi?!»–dedilar.
Bunday deyishlari oʻsha soxta xudolar va ularni xudo deb yurgan johil mushriklar ustidan istehzo edi. Oldiga qoʻyilgan taomni his qila olmaydigan but va sanamni xudo deb unga sigʻinish, iltijo qilish, undan yordam soʻrab, magʻfirat kutish insoniyat uchun, inson aqli uchun or, uyat bir narsadir.
Ibrohim alayhissalomning gaplariga but va sanamlar lom-mim deya olmay turaverdilar. Ibrohim alayhissalom soʻzlarida davom etib:
«Sizga nima boʻldi?! Gapirmaysizlar?!» – dedi».
Ey, «xudo»lar! Sizga nima boʻldi oʻzi?! Jim turibsiz?! Savol bersa ham javob bermaysizlar?