QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят1

صٓ ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ذِى ٱلذِّكْرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sod. Zikr sohibi bo`lmish Qur'on ila qasam.Сод. Зикр соҳиби бўлмиш Қуръон ила қасам.Alauddin Mansour: Sod. Shaʼnu-sharaf sohibi boʻlgan Qurʼonga qasamki, (albatta Qurʼon ilohiy moʻʼjizadir va albatta siz, ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, Allohning haq paygʻambaridirsiz).Сод. Шаъну-шараф соҳиби бўлган Қуръонга қасамки, (албатта Қуръон илоҳий мўъжизадир ва албатта сиз, эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, Аллоҳнинг ҳақ пайғамбаридирсиз).

453-sahifa · 23-juz · 46-hizb453-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
صٓ ۚSodСодوَٱلْقُرْءَانِva Qurʼon ila qasamва Қуръон ила қасамذِىsohibi boʻlmishсоҳиби бўлмишٱلذِّكْرِzikrзикр
TafsirТафсир

«Sod» alifbo harflaridan biridir. Ushbu harfning oʻzi bir moʻʼjiza boʻlsa, bu va unga sherik boshqa harflardan tarkib topgan Qurʼon esa, abadiy ilohiy moʻʼjizadir. Oddiy alifbo harflaridan tarkib topgan Qurʼonga oʻxshash kitobni hech kim keltira olmasligi uning eng ulkan moʻʼjiza ekanini koʻrsatadi.

«Zikr sohibi boʻlmish Qurʼon ila qasam.»

Oyatdagi «zikr» soʻziga tafsirchi ulamolarimiz ikki xil maʼno berishgan: eslatma va shon-sharaf. Aslida, Qurʼoni Karim vasfida bu ikki maʼno ham bor. Shuning uchun ham, Qurʼonda «eslatma» yoki «shon-sharaf» emas, balki shu ikki maʼnoni ham ifoda etadigan «zikr» soʻzi ishlatilgan. Qurʼoni Karim moʻʼjizasining qirralaridan biri ham shudir.

Alloh taoloning zikr sohibi boʻlmish Qurʼon ila qasam ichishi bejiz emas. Avvalo, Qurʼoni Karimning shonu sharafi ulugʻlanyapti, qolaversa, arab tili qoidalari boʻyicha, bu qasamdan koʻzlangan maqsadga eʼtibor tortilyapti. Lekin asl maqsad bu yerda ochiq aytilmagan. Soʻzning borishi va uning umumiy maʼnosiga qarab, zikr sohibi boʻlmish Qurʼon ila qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam haq Paygʻambardir, Qurʼon haq moʻʼjizadir, deb gap maʼnosini tushunsa boʻladi.