بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى عِزَّةٍ وَشِقَاقٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ammo kufr keltirganlar kibru havo va muxoliflikdadirlar.Аммо куфр келтирганлар кибру ҳаво ва мухолифликдадирлар.Alauddin Mansour: Balki kofir boʻlgan kimsalar (bu haqiqatni qabul qilishdan) kibru-havoda va (Alloh va paygʻambarga) muxoliflikda sobitdirlar.Балки кофир бўлган кимсалар (бу ҳақиқатни қабул қилишдан) кибру-ҳавода ва (Аллоҳ ва пайғамбарга) мухолифликда собитдирлар.
Ular kibru havoga berilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq Paygʻambar ekanlarini, Qurʼonning ilohiy moʻʼjizaligini inkor qilmoqdalar. Ular Alloh taologa va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga xilof yoʻl tutishda davom etmoqdalar.
Xoʻsh, ular bu holda qayergacha boradilar? Nima natijaga erishadilar? Ularning kibru havolari nima qilib beradi? Allohga va Paygʻambarga xilof ish qilganlari nima oqibat bilan tugaydi?