كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍ فَنَادَوا۟ وَّلَاتَ حِينَ مَنَاصٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ulardan ilgari ham qancha asrlarni halok etganmiz. Ular (yordam so`rab) nido qildilar. Ammo qochib qutulish vaqti emas edi.Биз улардан илгари ҳам қанча асрларни ҳалок этганмиз. Улар (ёрдам сўраб) нидо қилдилар. Аммо қочиб қутулиш вақти эмас эди.Alauddin Mansour: Biz ulardan ilgari ham qancha asr avlodni (iymonsizliklari sababli) halok qilganimizda, ular (boshlariga azob tushganida yordam soʻrab) nido-iltijo qilganlar, (ammo bu vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi.Биз улардан илгари ҳам қанча аср авлодни (иймонсизликлари сабабли) ҳалок қилганимизда, улар (бошларига азоб тушганида ёрдам сўраб) нидо-илтижо қилганлар, (аммо бу вақт азобдан) қочиб қутулиш вақти эмас эди.
Biz hozirda Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq Paygʻambarligini, Qurʼonning haq ilohiy kitobligini inkor etayotgan kofir va mushriklardan oldin ham qanchadan-qancha asr avlodlarini halok etganmiz. Oʻshanda:
«Ular (yordam soʻrab) nido qildilar».
Dod-faryod soldilar. Yalinib, yolvordilar. Oʻzlarini halokatdan saqlab qolish uchun yordam soʻradilar.
«Ammo qochib qutulish vaqti emas edi.»
Vaqt oʻtgan, boʻlar ish boʻlgan edi.
Hozirgi kofir va mushriklar ham fursatning borida oʻzlarini oʻnglab, toʻgʻri yoʻlga tushib olmasalar, vaqt oʻtganidan keyingi dod-faryodlari ularga foyda bermay qoladi.
Endi mushriklarning kibru havosi va ixtiloflarining bayoni boshlanadi: