وَعَجِبُوٓا۟ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌ مِّنْهُمْ ۖ وَقَالَ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا سَـٰحِرٌ كَذَّابٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular ichlariga o`zlaridan ogohlantirguvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu, sehrgar va kazzobdir», dedilar.Улар ичларига ўзларидан огоҳлантиргувчи келганидан ажабландилар ва кофирлар: «Бу, сеҳргар ва каззобдир», дедилар.Alauddin Mansour: (Makka mushriklari) ularga oʻzlaridan (yaʼni, bashar avlodidan boʻlgan bir ogohlantirguvchi — paygʻambar kelganidan ajablandilar va u kofirlar dedilar: «Bu bir yolgʻonchi sehrgardir.(Макка мушриклари) уларга ўзларидан (яъни, башар авлодидан бўлган бир огоҳлантиргувчи — пайғамбар келганидан ажабландилар ва у кофирлар дедилар: «Бу бир ёлғончи сеҳргардир.
Makka mushriklari oʻzlarining ichida yurgan bir odam ogohlantiruvchi boʻlib kelganidan ajablandilar. Ularning kalta fahmiga koʻra, Paygʻambar degani odam boʻlmasligi kerak emish. Odam bolasining oʻziga oʻxshash odamlarga Paygʻambar boʻlishi ajablanarli emish. Bu ishlari ayni kibru havoga berilish, ayni Allohning ishiga xilof qilishdir.
Ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambar ekanlarini inkor qilish bilan chegaralanmadilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallamga qarshi turli uydirma, igʻvo va boʻhtonlar ham tarqatdilar.
«Kofirlar: «Bu, sehrgar va kazzobdir», dedilar.»
Muhammad Paygʻambar emas, oʻzimizga oʻxshagan oddiy bir odam, Paygʻambar boʻlishi mumkin ham emas. Paygʻambarlik daʼvosida tilovat qilayotgan soʻzlari odamlarga taʼsir qilayotgan boʻlsa, uning sehrgarligidandir. U sehrgardir. Uning «Paygʻambarman» degan gapi yolgʻondir, u kazzobdir, dedilar.
Ular kibru havoga berilganliklari oqibatida shunday fikrga borganlar.
Makka mushriklari Paygʻambarimizning sehrgar yoki yolgʻonchi emasliklarini koʻrib-bilib turib, u zotga shu aybni tirkashlarining oʻziga yarasha sababi bor edi. Buni tarixchilarimiz quyidagicha naql etadilar.
Ibn Ishoq quyidagilarni rivoyat qiladi: «Al-Valid ibn Mugʻiyra Qurayshning yoshi ulugʻlaridan edi. Haj mavsumi yaqinlashib qolganida, al-Valid:
«Ey, Quraysh jamoasi, mavsum ham kelib qoldi. Yaqin orada arablarning vakillari huzuringizga keladi. Ular hammasi anavi ogʻayningiz haqida eshitgan. Endi siz uning haqida gapni bir qilib oling. Yana, gapingiz har xil boʻlib, bir-biringizni yolgʻonchi qilib yurmang. Gapingiz xilma-xil boʻlmasin», dedi. Toʻplanganlar:
«Ey, Abu Abdushshams, sen oʻzing bizga bir fikrni ayt, biz oʻshani tutamiz», deyishdi. U:
«Yoʻq! Avval sizlar aytingiz, men eshitay», dedi. Ular:
«Kohin, deymiz», deyishdi. U:
«Yoʻq! Allohga qasamki, u kohin emas. Kohinlarni koʻp koʻrdik. Uning gapi kohinning gʻingʻillashiga ham, soʻzlarni tartibga solishiga ham oʻxshamaydi», dedi. Ular:
«Majnun, deymiz», deyishdi. U:
«Muhammad majnun emas. Batahqiq, jinnilikni koʻp koʻrdik. Uning nima ekanini yaxshi bilamiz. Uning gapi jinnining boʻgʻilishiga ham, dovdirashiga ham, vasvasasiga ham oʻxshamaydi», dedi. Ular:
«Shoir, deymiz», deyishdi. Valid:
«U shoir ham emas. Batahqiq, biz sheʼrning hamma turlarini–rajzini ham, hajzini ham, qariyzini ham, maqbuzini ham, masbutini ham bilganmiz. Bu, sheʼr emas», dedi. Ular:
«Jodugar, deymiz», dedilar. U:
«U jodugar ham emas. Batahqiq, jodugarlarni ham, jodularni ham koʻrdik. Uning gapi ularning dam solishiga ham, tugun tugishiga ham oʻxshamaydi», dedi. Ular:
«Unda nima deymiz, ey, Abu Abdushshams?»–deb soʻrashdi. Shunda Valid:
«Allohga qasamki, uning gapida halovat bor. Gapining asli koʻp tomirli. Shoxlari sermeva. Siz u haqda nima desangiz ham, botilligi darhol bilinadi. Ammo uning haqida aytish mumkin boʻlgan eng ishonchli gap «sehrgar» deyishingizdir. U bir sehr gapni keltirdi. Oʻsha gap bilan bolani otasidan, akani ukasidan, erni xotinidan, odamni qabilasidan ajratmoqda», dedi. Shu toʻxtamga kelishib, tarqalishdi. Keyin haj mavsumi boshlanganida, yoʻllarga oʻtirib olib, oldilaridan oʻtganlarni u zotdan hazir boʻlishga chaqirib, ishlarini zikr qildilar».
Kofirlarning ajablanishi bu bilan tugamadi. Ular boshqa gaplarni ham aytdilar: