QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят5

أَجَعَلَ ٱلْـَٔالِهَةَ إِلَـٰهًا وَٰحِدًا ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَشَىْءٌ عُجَابٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «U xudolarni bitta xudo qildimi?! Albatta, bu ajablanarli narsa!»«У худоларни битта худо қилдими?! Албатта, бу ажабланарли нарса!»Alauddin Mansour: (Shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?! Haqiqatan, bu juda qiziq narsa!»(Шунча) худоларни битта худо қилиб олибдими?! Ҳақиқатан, бу жуда қизиқ нарса!»

453-sahifa · 23-juz · 46-hizb453-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَجَعَلَqildimi?қилдими?ٱلْـَٔالِهَةَxudolarniхудоларниإِلَـٰهًۭاxudoхудоوَٰحِدًا ۖbittaбиттаإِنَّalbattaалбаттаهَـٰذَاbuбуلَشَىْءٌalbatta bir narsaалбатта бир нарсаعُجَابٌۭajablanarliажабланарли
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima va undan keyingi oyatlarning nozil boʻlish sababi haqida tafsirchi olimlarimiz quyidagi rivoyatni keltiradilar:

«Quraysh aʼyonlari Abu Tolibning huzuriga kelib: «Birodaringning oʻgʻlini tiyib ol. U dinimizni ayblamoqda, xudolarimizni yomonlamoqda va aqlimizni pastga urmoqda», deyishdi. Abu Tolib jiyanlari sollallohu alayhi vasallamni chaqirib, bu haqda gapirdi. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Ey amaki! Men ulardan faqatgina bir ogʻiz soʻz istayman, xolos. Bu soʻz bilan ajamlarga molik boʻladilar, u bilan arablar ularga boʻyinsunadi», dedilar. Abu Jahl va boshqa mushriklar:

«Xoʻp, biz senga oʻsha soʻzni va yana unga oʻxshash oʻntasini aytishga ham tayyormiz», deyishdi. Ul zot alayhissalom:

«Laa ilaaha Illalloh!» (Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq!) denglar», dedilar. Ular shoshib, kiyimlarini qoqib, oʻrinlaridan turishdi va:

«U xudolarni bitta qildimi? Albatta, bu ajablanarli narsa!»– deyishdi. Ana shunda Alloh taolo ushbu oyatlarni nozil qildi.