وَٱنطَلَقَ ٱلْمَلَأُ مِنْهُمْ أَنِ ٱمْشُوا۟ وَٱصْبِرُوا۟ عَلَىٰٓ ءَالِهَتِكُمْ ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَشَىْءٌ يُرَادُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning a'yonlari: «Yuringlar, xudolaringiz to`g`risida sabr qilinglar. Albatta, bu qasdan qilinayotgan narsadir.Уларнинг аъёнлари: «Юринглар, худоларингиз тўғрисида сабр қилинглар. Албатта, бу қасдан қилинаётган нарсадир.Alauddin Mansour: Ulardan kattalari (bir-birlariga shunday deya tarqalib) ketdilar: «Yuringlar va oʻz xudolaringizga (sigʻinishda) qanoat qilinglar (yaʼni, ustivor boʻlinglar)! Albatta bu (yaʼni, «La ilaha illalloh» deyish bizlardan) istaladigan (talab qilinadigan juda katta) narsadir.Улардан катталари (бир-бирларига шундай дея тарқалиб) кетдилар: «Юринглар ва ўз худоларингизга (сиғинишда) қаноат қилинглар (яъни, устивор бўлинглар)! Албатта бу (яъни, «Ла илаҳа иллаллоҳ» дейиш бизлардан) исталадиган (талаб қилинадиган жуда катта) нарсадир.
Quraysh mushriklarining kattalari, rahbarlari, aʼyonlari: «Yuringlar, xudolaringiz toʻgʻrisida sabr qilinglar», deb oʻrnilaridan turib ketishdi. Yaʼni, ey birodarlar, yuringlar, ketdik, bor gapni eshitdingiz, endi xudolaringiz ibodatida sabr bilan bardavom boʻlinglar. Ixlos bilan kirishinglar. Bu yoqdan fitna chiqib qoldi. «Albatta, bu qasddan qilinayotgan narsadir.» Muhammadning «Laa ilaaha Illalloh!» shiorini koʻtarib chiqishi, albatta, xudolaringizga qarshi qasddan uyushtirilayotgan tadbirdir. «Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yoʻq.» Biz Allohning bitta ekanligi haqida Alloh Paygʻambar yuborgan, ilohiy kitob tushirgan oxirgi millatdan–nasorolardan ham eshitganimiz yoʻq. Ular ham xudoni uchta deyishadi. «Bu, toʻqilgandan boshqa narsa emas.» Alloh bitta, degan gapni Muhammadning oʻzi toʻqib olgan. Bundan boshqacha emas. Kelib, kelib, «Bizning ichimizdan oʻshanga zikr nozil qilinibdimi?!» Ichimizda shuncha boy, zodagon, aslzodalar, ulugʻ yoshdagi kishilar turib, oʻsha yetim, yalangoyoq, savodsiz Muhammadga eslatma– ilohiy kitob tushibdimi?! Shunday deb, ular turib ketishdi. Majlisni tark etishdi. Xoʻsh, ularning bu gaplari toʻgʻrimi? «Yoʻq! Ular Mening zikrim haqida shak-shubhadadirlar.» Mushriklar Mening Qurʼonim haqida shubhadadirlar. «Yoʻq!» Ularning gaplari mutlaqo toʻgʻri emas. «Ular azobimni tatib koʻrmadilar.» Shuning uchun, oʻzlaricha kibru havoga berilib, Mening amrimga xilof qilmoqdalar. Ammo azobimni tatib koʻrganlaridan keyin gap nimada ekanini biladilar. Ular nima uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarligini inkor qilmoqdalar?