مَا سَمِعْنَا بِهَـٰذَا فِى ٱلْمِلَّةِ ٱلْـَٔاخِرَةِ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا ٱخْتِلَـٰقٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yo`q. Bu, to`qilgandan boshqa narsa emas.Биз бу ҳақда охирги миллатдан эшитганимиз йўқ. Бу, тўқилгандан бошқа нарса эмас.Alauddin Mansour: Bizlar bu haqda (yaʼni, Allohning yakkayu yagona ekanligi haqida) soʻnggi millat — dinda(gi odamlardan ham, yaʼni Islomdan avvalgi soʻnggi din boʻlmish Nasroniy dinidagi odamlardan ham) eshitgan emasmiz. Bu faqat bir uydirmadir, xolos.Бизлар бу ҳақда (яъни, Аллоҳнинг яккаю ягона эканлиги ҳақида) сўнгги миллат — динда(ги одамлардан ҳам, яъни Исломдан аввалги сўнгги дин бўлмиш Насроний динидаги одамлардан ҳам) эшитган эмасмиз. Бу фақат бир уйдирмадир, холос.
Quraysh mushriklarining kattalari, rahbarlari, aʼyonlari: «Yuringlar, xudolaringiz toʻgʻrisida sabr qilinglar», deb oʻrnilaridan turib ketishdi. Yaʼni, ey birodarlar, yuringlar, ketdik, bor gapni eshitdingiz, endi xudolaringiz ibodatida sabr bilan bardavom boʻlinglar. Ixlos bilan kirishinglar. Bu yoqdan fitna chiqib qoldi. «Albatta, bu qasddan qilinayotgan narsadir.» Muhammadning «Laa ilaaha Illalloh!» shiorini koʻtarib chiqishi, albatta, xudolaringizga qarshi qasddan uyushtirilayotgan tadbirdir. «Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yoʻq.» Biz Allohning bitta ekanligi haqida Alloh Paygʻambar yuborgan, ilohiy kitob tushirgan oxirgi millatdan–nasorolardan ham eshitganimiz yoʻq. Ular ham xudoni uchta deyishadi. «Bu, toʻqilgandan boshqa narsa emas.» Alloh bitta, degan gapni Muhammadning oʻzi toʻqib olgan. Bundan boshqacha emas. Kelib, kelib, «Bizning ichimizdan oʻshanga zikr nozil qilinibdimi?!» Ichimizda shuncha boy, zodagon, aslzodalar, ulugʻ yoshdagi kishilar turib, oʻsha yetim, yalangoyoq, savodsiz Muhammadga eslatma– ilohiy kitob tushibdimi?! Shunday deb, ular turib ketishdi. Majlisni tark etishdi. Xoʻsh, ularning bu gaplari toʻgʻrimi? «Yoʻq! Ular Mening zikrim haqida shak-shubhadadirlar.» Mushriklar Mening Qurʼonim haqida shubhadadirlar. «Yoʻq!» Ularning gaplari mutlaqo toʻgʻri emas. «Ular azobimni tatib koʻrmadilar.» Shuning uchun, oʻzlaricha kibru havoga berilib, Mening amrimga xilof qilmoqdalar. Ammo azobimni tatib koʻrganlaridan keyin gap nimada ekanini biladilar. Ular nima uchun Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarligini inkor qilmoqdalar?