QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят17

ٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱذْكُرْ عَبْدَنَا دَاوُۥدَ ذَا ٱلْأَيْدِ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Quvvat sohibi bo`lgan bandamiz Dovudni esla. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.Улар айтаётган нарсаларга сабр қил. Қувват соҳиби бўлган бандамиз Довудни эсла. Албатта, у ўта қайтгувчидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ular aytayotgan soʻzlarga sabr qiling va Bizning bandamiz (toat-ibodatda) quvvat sohibi boʻlgan Dovudni eslang! Darhaqiqat, u (Alloh rozi boʻladigan yoʻlga) butunlay qaytguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз улар айтаётган сўзларга сабр қилинг ва Бизнинг бандамиз (тоат-ибодатда) қувват соҳиби бўлган Довудни эсланг! Дарҳақиқат, у (Аллоҳ рози бўладиган йўлга) бутунлай қайтгувчидир.

454-sahifa · 23-juz · 46-hizb454-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱصْبِرْsabr qilсабр қилعَلَىٰ-ga-гаمَاnarsalargaнарсаларгаيَقُولُونَular aytayotganулар айтаётганوَٱذْكُرْva eslaва эслаعَبْدَنَاbandamizбандамизدَاوُۥدَDovudniДовудниذَاsohibiсоҳибиٱلْأَيْدِ ۖquvvatқувватإِنَّهُۥٓalbatta, uалбатта, уأَوَّابٌoʻta qaytguvchidirўта қайтгувчидир
TafsirТафсир

Ey Muhammad, sen mushriklarning beadab gaplariga sabr qil. Bu borada senga oʻrnak boʻladigan bandalarimiz oʻtgan, oʻshalarni, jumladan:

«Quvvat sohibi boʻlgan bandamiz Dovudni esla».

Dovud alayhissalomga Alloh taolo har jihatdan quvvat bergan edi. U kishi dinda baquvvat edilar. Kunora roʻza tutar, kechaning yarmida uxlab, yarmida ibodat qilar edilar. Podshohliklari ham kuchli edi.

«Albatta, u oʻta qaytguvchidir.»

Yaʼni, har bir narsada Allohga qaytuvchidir–tavba qiluvchidir. Tavbaning lugʻaviy maʼnosi ham qaytishdir.