وَقَالُوا۟ رَبَّنَا عَجِّل لَّنَا قِطَّنَا قَبْلَ يَوْمِ ٱلْحِسَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Robbimiz, bizga hisob kunidan ilgari nasibamizni tezroq ber!» – dedilar.Улар: «Эй Роббимиз, бизга ҳисоб кунидан илгари насибамизни тезроқ бер!» – дедилар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, Makka mushriklari masxara qilishib) «Parvardigoro, bizlarga (vaʼda qilingan azobdan iborat) nasibamizni hisob-kitob Kunidan ilgariyoq (yaʼni, shu hayoti dunyodayoq) tezroq keltira qolgin», dedilar.Улар (яъни, Макка мушриклари масхара қилишиб) «Парвардигоро, бизларга (ваъда қилинган азобдан иборат) насибамизни ҳисоб-китоб Кунидан илгариёқ (яъни, шу ҳаёти дунёдаёқ) тезроқ келтира қолгин», дедилар.
Mushriklar oʻzlariga hisob-kitob kuni–qiyomat kunida azob berilishi haqidagi xabarni eshitganlaridan keyin, masxara qilishib, «Modomiki, azobga qolar ekanmiz, uni qiyomat kuniga kechiktirishning nima keragi bor, hozirning oʻzida berib qoʻyavermaydimi?!»–dedilar.
«Ular: «Ey Robbimiz, bizga hisob kunidan ilgari (qiyomat qoim boʻlib, hisob boʻladigan kundan ilgari azobdan oladigan) nasibamizni tezroq ber!» – dedilar.»
Mushriklarning masxara va istehzolari Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ogʻir botar edi. Shuning uchun ham, Alloh taolo u zotga tasalli beradi, sabrga buyuradi va oldin oʻtgan Paygʻambarlardan oʻrnak olishga chaqiradi.