وَمَا يَنظُرُ هَـٰٓؤُلَآءِ إِلَّا صَيْحَةً وَٰحِدَةً مَّا لَهَا مِن فَوَاقٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar lahzaga kechikmay keladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsaga intizor bo`layotganlari yo`q.Ана ўшалар лаҳзага кечикмай келадиган биргина қичқириқдан бошқа нарсага интизор бўлаётганлари йўқ.Alauddin Mansour: Ana oʻshalar(ning barchalari) faqat hech toʻxtamasdan keladigan birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqdalar, xolos. (Bas, oʻsha qichqiriq boʻlishi bilan barcha jonzot qayta tirilur va kufr yoʻlini tutgan kimsalar doʻzax azobiga duchor boʻlurlar).Ана ўшалар(нинг барчалари) фақат ҳеч тўхтамасдан келадиган биргина даҳшатли қичқириқни кутмоқдалар, холос. (Бас, ўша қичқириқ бўлиши билан барча жонзот қайта тирилур ва куфр йўлини тутган кимсалар дўзах азобига дучор бўлурлар).
Biz «lahzaga kechikmay keladigan» deb tarjima qilgan maʼno oyatda «favoq» deyilgan. Bu soʻz tuyani sogʻayotganda yelinni bir tortib sogʻib, yana ikkinchi marta tortishgacha oʻtgan vaqtga nisbatan ishlatiladi. Demak, qiyomat kuni belgilangan muddatidan shuncha miqdorda ham kechikmay keladi. Vaqti yetganida, birgina qichqiriq bilan hammasi tamom boʻladi. Mushriklar shunigina kutmoqdalar, xolos.
Alloh taolo ularni qiyomat kunigacha tark qilib qoʻygani mushriklar uchun ilohiy rahmat, fazlu karam edi. Ammo mushriklar bu fursatning qadrini bilmadilar.