إِن كُلٌّ إِلَّا كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ عِقَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Barchalari, albatta, Payg`ambarlarni yolg`onchi qildilar. Bas, Mening iqobim haq bo`ldi.Барчалари, албатта, Пайғамбарларни ёлғончи қилдилар. Бас, Менинг иқобим ҳақ бўлди.Alauddin Mansour: Barchalariga faqat paygʻambarlarni yolgʻonchi qilganlari sababli Mening azobim haq boʻlgandir. (Bas, Makka mushriklariga ham Muhammad alayhis-salotu vas-salomni yolgʻonchi qilganlari uchun shak-shubhasiz, azob-uqubat boʻlur).Барчаларига фақат пайғамбарларни ёлғончи қилганлари сабабли Менинг азобим ҳақ бўлгандир. (Бас, Макка мушрикларига ҳам Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломни ёлғончи қилганлари учун шак-шубҳасиз, азоб-уқубат бўлур).
Muhammad sollallohu alayhi vasallamni kazzobga chiqarayotgan mushriklardan oldin ham koʻp qavmlar Paygʻambarlarini yolgʻonchi qilganlar. Misol uchun:
«Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Firʼavn ham yolgʻonchi qilgan».
Nuh qavmi Paygʻambari Nuh alayhissalomni yolgʻonchi qilgan. Od qavmi Paygʻambari Hud alayhissalomni yolgʻonchiga chiqargan. «Qoziqlar egasi Firʼavn» esa, Muso alayhissalomni yolgʻonchi degan.
Firʼavn oʻziga qarshi boʻlganlarning qoʻl-oyoqlarini qoziqlarga bogʻlab qoʻyib azoblar ekan. Shuningdek, u qurdirgan baland ehromlar ham «yerga qoqilgan qoziq» deb vasf qilinadi. Shu maʼnolardan kelib chiqib, unga «qoziqlar egasi» laqabi berilgan.
«Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham.»
Samud qavmi Paygʻambari Solih alayhissalomni, Lut qavmi Paygʻambari Lut alayhissalomni, daraxtzor egalari–Madyan ahli Paygʻambarlari Shuayb alayhissalomni yolgʻonchi qilganlar.
«Firqalar oʻshalardir.»
Alloh taologa qarshi turgan firqalar oʻshalardir.
«Barchalari, albatta, Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar.»
Ular oʻzlariga yuborilgan Paygʻambarlarni yolgʻonchi qilishda qattiq turdilar. Shundan keyin:
«Bas, Mening iqobim haq boʻldi».
Ularga mening iqobim–azobim haq boʻldi. Hammalari halok boʻldilar.