QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят13

وَثَمُودُ وَقَوْمُ لُوطٍ وَأَصْحَـٰبُ لْـَٔيْكَةِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلْأَحْزَابُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Firqalar o`shalardir.Ва Самуд, Лут қавми ва дарахтзор эгалари ҳам. Фирқалар ўшалардир.Alauddin Mansour: Shuningdek, Samud (qabilasi Solihni), Lut qavmi (Lutni) va daraxtzor egalari (Shuʼaybni yolgʻonchi qilgandirlar). Ana oʻshalar (ham oʻzlariga yuborilgan paygʻambarlarga qarshi chiqqan) firqalardir.Шунингдек, Самуд (қабиласи Солиҳни), Лут қавми (Лутни) ва дарахтзор эгалари (Шуъайбни ёлғончи қилгандирлар). Ана ўшалар (ҳам ўзларига юборилган пайғамбарларга қарши чиққан) фирқалардир.

453-sahifa · 23-juz · 46-hizb453-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَثَمُودُva Samudва Самудوَقَوْمُva qavmiва қавмиلُوطٍۢLutЛутوَأَصْحَـٰبُva egalariва эгалариلْـَٔيْكَةِ ۚdaraxtzorдарахтзорأُو۟لَـٰٓئِكَoʻshalarўшаларٱلْأَحْزَابُfirqalardirфирқалардир
TafsirТафсир

Muhammad sollallohu alayhi vasallamni kazzobga chiqarayotgan mushriklardan oldin ham koʻp qavmlar Paygʻambarlarini yolgʻonchi qilganlar. Misol uchun:

«Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Firʼavn ham yolgʻonchi qilgan».

Nuh qavmi Paygʻambari Nuh alayhissalomni yolgʻonchi qilgan. Od qavmi Paygʻambari Hud alayhissalomni yolgʻonchiga chiqargan. «Qoziqlar egasi Firʼavn» esa, Muso alayhissalomni yolgʻonchi degan.

Firʼavn oʻziga qarshi boʻlganlarning qoʻl-oyoqlarini qoziqlarga bogʻlab qoʻyib azoblar ekan. Shuningdek, u qurdirgan baland ehromlar ham «yerga qoqilgan qoziq» deb vasf qilinadi. Shu maʼnolardan kelib chiqib, unga «qoziqlar egasi» laqabi berilgan.

«Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham.»

Samud qavmi Paygʻambari Solih alayhissalomni, Lut qavmi Paygʻambari Lut alayhissalomni, daraxtzor egalari–Madyan ahli Paygʻambarlari Shuayb alayhissalomni yolgʻonchi qilganlar.

«Firqalar oʻshalardir.»

Alloh taologa qarshi turgan firqalar oʻshalardir.

«Barchalari, albatta, Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar.»

Ular oʻzlariga yuborilgan Paygʻambarlarni yolgʻonchi qilishda qattiq turdilar. Shundan keyin:

«Bas, Mening iqobim haq boʻldi».

Ularga mening iqobim–azobim haq boʻldi. Hammalari halok boʻldilar.