كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ ذُو ٱلْأَوْتَادِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan oldin ham Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Fir'avn ham yolg`onchi qilgan.Улардан олдин ҳам Нуҳ қавми, Од, қозиқлар эгаси Фиръавн ҳам ёлғончи қилган.Alauddin Mansour: Ulardan ilgari ham Nuh qavmi (Nuhni), Od (qabilasi Hudni) va qoziqlar (yaʼni, yerga qoziqdek qoqilgan baland ehromlar va qasrlar) egasi boʻlgan Firʼavn (va uning odamlari Musoni yolgʻonchi qilgandirlar.Улардан илгари ҳам Нуҳ қавми (Нуҳни), Од (қабиласи Ҳудни) ва қозиқлар (яъни, ерга қозиқдек қоқилган баланд эҳромлар ва қасрлар) эгаси бўлган Фиръавн (ва унинг одамлари Мусони ёлғончи қилгандирлар.
Muhammad sollallohu alayhi vasallamni kazzobga chiqarayotgan mushriklardan oldin ham koʻp qavmlar Paygʻambarlarini yolgʻonchi qilganlar. Misol uchun:
«Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Firʼavn ham yolgʻonchi qilgan».
Nuh qavmi Paygʻambari Nuh alayhissalomni yolgʻonchi qilgan. Od qavmi Paygʻambari Hud alayhissalomni yolgʻonchiga chiqargan. «Qoziqlar egasi Firʼavn» esa, Muso alayhissalomni yolgʻonchi degan.
Firʼavn oʻziga qarshi boʻlganlarning qoʻl-oyoqlarini qoziqlarga bogʻlab qoʻyib azoblar ekan. Shuningdek, u qurdirgan baland ehromlar ham «yerga qoqilgan qoziq» deb vasf qilinadi. Shu maʼnolardan kelib chiqib, unga «qoziqlar egasi» laqabi berilgan.
«Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham.»
Samud qavmi Paygʻambari Solih alayhissalomni, Lut qavmi Paygʻambari Lut alayhissalomni, daraxtzor egalari–Madyan ahli Paygʻambarlari Shuayb alayhissalomni yolgʻonchi qilganlar.
«Firqalar oʻshalardir.»
Alloh taologa qarshi turgan firqalar oʻshalardir.
«Barchalari, albatta, Paygʻambarlarni yolgʻonchi qildilar.»
Ular oʻzlariga yuborilgan Paygʻambarlarni yolgʻonchi qilishda qattiq turdilar. Shundan keyin:
«Bas, Mening iqobim haq boʻldi».
Ularga mening iqobim–azobim haq boʻldi. Hammalari halok boʻldilar.