QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят21

۞ وَهَلْ أَتَىٰكَ نَبَؤُا۟ ٱلْخَصْمِ إِذْ تَسَوَّرُوا۟ ٱلْمِحْرَابَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga da'volashganlarning xabari keldimi? O`shanda ular mehrobga chiqishgan edi.Сенга даъволашганларнинг хабари келдими? Ўшанда улар меҳробга чиқишган эди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga (bir-birlari bilan) daʼvolashguvchi (ikki jamoat) xabari keldimi? Oʻshanda ular (Dovud paygʻambar ibodat qilayotgan) mehrobga chiqishgan(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга (бир-бирлари билан) даъволашгувчи (икки жамоат) хабари келдими? Ўшанда улар (Довуд пайғамбар ибодат қилаётган) меҳробга чиқишган

454-sahifa · 23-juz · 46-hizb454-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَهَلْva ...mi?ва ...ми?أَتَىٰكَsenga keldiсенга келдиنَبَؤُا۟xabariхабариٱلْخَصْمِdaʼvolashganlarningдаъволашганларнингإِذْoʻshandaўшандаتَسَوَّرُوا۟devor oshib chiqishdiдевор ошиб чиқишдиٱلْمِحْرَابَmehrobgaмеҳробга
TafsirТафсир

Ushbu oyatlar bilan boshlanuvchi qissada Dovud alayhissalomning sinovga, fitnaga duch boʻlganlari hikoya qilinadi. Yuqoridagi oyatlarda vasf qilinganidek, ulugʻ martabali, har tomonlama yetuk va quvvatli boʻlishiga qaramay, u kishining ham sinovga yoʻliqishlarida ibrat va vaʼz-nasihat bor.

Bu sinov qissasi qisqacha quyidagichadir. Dovud alayhissalom oʻz vaqtlarini aniq qilib taqsimlab qoʻygan edilar. Maʼlum bir vaqtlarini podshohlik ishlariga, odamlar oʻrtasida qozilik qilib, hukm chiqarishga ajratgan edilar. Qolgan vaqtlarda maʼlum muddat toat-ibodat bilan mashgʻul boʻlar edilar. Unda Zabur tilovat qilar, Allohga tasbih aytar va boshqa iltijolarni qilar edilar. U kishi mehrobga kirib, ibodatni boshlaganlarida, to oʻzlari qaytib chiqmagunlaricha, hech kim huzurlariga kirishga ruxsat ololmasdi.

Kunlardan bir kuni Dovud alayhissalom ibodat qilib turganlarida toʻsatdan ikki kishining mehrobga chiqqanlarini koʻrib qoldilar. Hech kim kirolmaydigan yerga bu ikki odam nima uchun devordan oshib kirishdi, deb oʻylab Dovud alayhissalom qoʻrqib ketdilar. Yaxshi niyati boʻlsa, bu tarzda kelmas edi, degan fikr xayollaridan oʻtdi.

Ushbu oyatlarda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga oʻsha hodisani eslatmoqda.

«Senga daʼvolashganlarning xabari keldimi?»

Demak, daʼvolashganlar bor ekan. Bir masalani talashib qolib, uni hal qilish uchun Dovud alayhissalomning huzuriga borishsa, u kishi ibodatda ekan. Talashib-tortishib qizishganlaridan, u kishining ibodatni tugatishini ham kutib turmasdan, yashirincha mehrob ustiga chiqib borishibdi.

«Oʻshanda ular mehrobga chiqishgan edi.»

Dovud alayhissalom ibodat qiladigan mehrobga chiqib olishgan edi.

«Oʻshanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi.»

Daʼvolashgan oʻsha ikki kishi ibodat qilib turgan Dovud alayhissalomning oldiga iznsiz kirib borishgan edi.

«Bas, u ulardan qoʻrqib ketdi.»

Kutilmaganda, iznsiz, manʼ qilingan joyga devor oshib kirib kelishlari yaxshilik alomati emas edi. Moʻmin odam Paygʻambarning huzuriga bunday tarzda kirib bormaydi. Ishonchli odam ham hech qachon oʻziga bu ishni ep koʻrmaydi. Shuning uchun ham, Dovud alayhissalom qoʻrqib ketdilar. Kirib kelganlar buni payqab, u kishini tinchlantirishga harakat qilishdi.

«Ular: «Qoʻrqma, bular–ikki daʼvolashguvchi tomon.»

Ey Dovud, sen bizdan yomonlik kutma. Biz ikki daʼvolashuvchi tomonmiz.

«Biz bir-birimizga zulm qildik.»

Shuning uchun, daʼvo talashib, sening oldingga keldik.

«Bas, oramizda haq ila hukm chiqar.»

Sen bizning oramizda daʼvomiz boʻyicha adolatli hukm chiqar.

«Jabr qilma.»

Hukmingda hech kimga zulm qilma.

«Bizlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qil», dedilar.»

Ehtimol, talashib-tortishish oqibatida biz adashgandirmiz. Sen bizni toʻgʻri yoʻlga solib qoʻy, deyishdi.

Soʻng bittasi asosiy maqsadga koʻchib, dedi: