وَشَدَدْنَا مُلْكَهُۥ وَءَاتَيْنَـٰهُ ٱلْحِكْمَةَ وَفَصْلَ ٱلْخِطَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz unga mulkini quvvatli qilib berdik hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik.Ва Биз унга мулкини қувватли қилиб бердик ҳамда ҳикматни ва ҳал қилгувчи китобни бердик.Alauddin Mansour: Yana Biz uning mulku-davlatini kuchli-quvvatli qildik va unga hikmat hamda aniq-ravshan xitob (yaʼni, zaboni goʻyo) ato etdik.Яна Биз унинг мулку-давлатини кучли-қувватли қилдик ва унга ҳикмат ҳамда аниқ-равшан хитоб (яъни, забони гўё) ато этдик.
Biz Dovudga uning davlatini quvvatli qilib berdik. Dovud alayhissalom Paygʻambar boʻlishlari bilan birga, davlat boshligʻi–podshoh ham edilar. U kishining saltanatini Alloh taolo kuchli qilib qoʻygan edi. Askarlari koʻp edi.
«Hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik.»
Biz Dovudga Paygʻambarlikni ham berdik. Yana unga talashibtortishganlar orasidagi janjalni hal qilish hukmini berdik. U hech ikkilanmay hukm chiqarar edi.