QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят24Sajda oyatiСажда ояти

قَالَ لَقَدْ ظَلَمَكَ بِسُؤَالِ نَعْجَتِكَ إِلَىٰ نِعَاجِهِۦ ۖ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْخُلَطَآءِ لَيَبْغِى بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَقَلِيلٌ مَّا هُمْ ۗ وَظَنَّ دَاوُۥدُ أَنَّمَا فَتَنَّـٰهُ فَٱسْتَغْفَرَ رَبَّهُۥ وَخَرَّ رَاكِعًا وَأَنَابَ ۩

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Darhaqiqat, sening sovlig`ingni so`rab, o`z sovliqlariga (qo`shish) bilan senga zulm qilibdi. Albatta, ko`p sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar). Ular juda ham oz», dedi. Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istig`for aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.У: «Дарҳақиқат, сенинг совлиғингни сўраб, ўз совлиқларига (қўшиш) билан сенга зулм қилибди. Албатта, кўп шериклар бир-бирларига зулм қилурлар. Магар иймон келтириб, солиҳ амал қилганларгина (қилмаслар). Улар жуда ҳам оз», деди. Ва Довуд Биз уни синаганимизни билди-да, тезда Роббига истиғфор айтиб, саждага йиқилди ва тавба қилди.Alauddin Mansour: (Dovud ikkinchi daʼvogarning soʻzini tinglamasdanoq) dedi: «Darhaqiqat, u sening sovligʻingni soʻrab (va) oʻz sovliqlariga (qoʻshib olish) bilan senga zulm qilibdi. Darvoqeʼ, koʻp oshna-ogʻaynilar bir-birlariga zulm qilurlar. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan kishilargina (zulm qilmaslar. Ammo) ular juda ozdirlar». Dovud (bu hodisa vositasida) Biz uni imtihon qilganimizni bildi-da, Parvardigoridan (shoshib hukm chiqargani uchun) magʻfirat qilishini soʻradi va (sajdaga) egilgan holida yiqilib, tavba-tazarruʼ qildi.(Довуд иккинчи даъвогарнинг сўзини тингламасданоқ) деди: «Дарҳақиқат, у сенинг совлиғингни сўраб (ва) ўз совлиқларига (қўшиб олиш) билан сенга зулм қилибди. Дарвоқеъ, кўп ошна-оғайнилар бир-бирларига зулм қилурлар. Фақат иймон келтирган ва яхши амаллар қилган кишиларгина (зулм қилмаслар. Аммо) улар жуда оздирлар». Довуд (бу ҳодиса воситасида) Биз уни имтиҳон қилганимизни билди-да, Парвардигоридан (шошиб ҳукм чиқаргани учун) мағфират қилишини сўради ва (саждага) эгилган ҳолида йиқилиб, тавба-тазарруъ қилди.

454-sahifa · 23-juz · 46-hizb454-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиلَقَدْdarhaqiqatдарҳақиқатظَلَمَكَsenga zulm qilibdirсенга зулм қилибдирبِسُؤَالِsoʻrabсўрабنَعْجَتِكَsening sovligʻingniсенинг совлиғингниإِلَىٰ-ga (qoʻshish)-га (қўшиш)نِعَاجِهِۦ ۖoʻz sovliqlarigaўз совлиқларигаوَإِنَّva albattaва албаттаكَثِيرًۭاkoʻpкўпمِّنَ-dan-данٱلْخُلَطَآءِsheriklarшерикларلَيَبْغِىalbatta zulm qilurlarалбатта зулм қилурларبَعْضُهُمْulardan baʼzilariулардан баъзилариعَلَىٰ-ga-гаبَعْضٍbaʼzilarigaбаъзиларигаإِلَّاmagarмагарٱلَّذِينَularkiуларкиءَامَنُوا۟iymon keltirdilarиймон келтирдиларوَعَمِلُوا۟va qildilarва қилдиларٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarсолиҳ амалларوَقَلِيلٌۭva ozdirва оздирمَّاjudaжудаهُمْ ۗularуларوَظَنَّva bildiва билдиدَاوُۥدُDovudДовудأَنَّمَا-ki-киفَتَنَّـٰهُBiz uni sinaganimizniБиз уни синаганимизниفَٱسْتَغْفَرَbas, istigʻfor aytdiбас, истиғфор айтдиرَبَّهُۥRobbigaРоббигаوَخَرَّva yiqildiва йиқилдиرَاكِعًۭاsajdagaсаждагаوَأَنَابَ ۩va tavba qildiва тавба қилди
TafsirТафсир

(Ushbu oyat sajda oyatidir.)

Dovud alayhissalom birinchi daʼvogarning soʻzini eshitishlari bilan darhol hukm chiqarishga kirishdilar va unga:

«Darhaqiqat, sening sovligʻingni soʻrab, oʻz sovliqlariga (qoʻshish) bilan senga zulm qilibdi», deb uning foydasiga hukm chiqardilar.

Holbuki, adolat yuzasidan avval ikkinchi daʼvolashgan odamning ham gapini eshitib turib, keyin hukm chiqarishlari kerak edi.

«Albatta, koʻp sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar», deb munosabatlarini yana taʼkidladilar.

Molni aralashtirib sherik boʻlganlar doimo bir-birlariga zulm qilib kelgan. Sening sohibing ham senga zulm qilibdi, demoqchi boʻldilar.

«Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar).»

Yaʼni, ulardan zulm sodir boʻlmas, dedilar. Bu bilan ikkinchi odamga yana ham qattiqroq gap tegdi. Soʻngra Dovud alayhissalom:

«Ular juda ham oz», dedi».

Yaʼni, iymon keltirib, solih amal qiladiganlar juda oz. Lekin shu payt xato qilganlarini anglab qoldilar. Bu oddiy holat emas, oʻzlari uchun sinov ekanini tushunib yetdilar. Avval boshda, mehrobga kirgan ikki kishi haqida yomon gumon qilgan, keyin bir tomonni eshitib turiboq hukm chiqarib yuborgan edilar. Bunday yoʻl tutish oliymaqom, muqarrab bandalarga xos ish emasligini yodga oldilar.

«Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istigʻfor aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.»

Boshqalar haqida yomon gumon qilganlariga, hukm chiqarishda bir oz shoshilganlariga qattiq afsuslandilar. Alloh taologa istigʻfor aytdilar, sajdaga bosh qoʻydilar, ibodat etib, tavba qildilar.

Muhaqqiq tafsirchi olimlarimiz, jumladan, Faxriddin Roziy, Abu Hayyon va boshqalar oyatdagi shu maʼnoni taʼkidlash bilan birga, Bani Isroil Alloh taologa va Paygʻambarlarga boʻlgan beodobliklaridan yana birini Dovud alayhissalomga ham koʻrsatganlari, u kishi haqida nafaqat Paygʻambarlarga, balki oʻzini bilgan oddiy insonlarga ham toʻgʻri kelmaydigan boʻhtonlar toʻqiganini aytib oʻtadilar. Shuningdek, oʻsha mashʼum Bani Isroilning baʼzi uydirmalari ayrim tafsir kitoblarimizga ham kirib qolganiga qattiq afsus qiladilar. Paygʻambar alayhimussalomlarning maʼsumligini, gunoh qilishdan saqlanganlarini doimo esda tutishimiz lozimligini qattiq taʼkidlaydilar. Dovud alayhissalom hech qanday gunoh qilganlari yoʻq, balki bir eʼtiborsizlik tufayli xato sodir boʻldi, xolos, deydilar