فَغَفَرْنَا لَهُۥ ذَٰلِكَ ۖ وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uning o`sha (xatosi)ni mag`firat qildik. Albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va go`zal oqibat bordir.Бас, Биз унинг ўша (хатоси)ни мағфират қилдик. Албатта, унинг учун ҳузуримизда яқинлик ва гўзал оқибат бордир.Alauddin Mansour: Bas, Biz uning oʻsha (xatosi)ni magʻfirat qildik. Shak-shubhasiz, uning uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va goʻzal oqibat (yaʼni, jannat) bordir.Бас, Биз унинг ўша (хатоси)ни мағфират қилдик. Шак-шубҳасиз, унинг учун Бизнинг ҳузуримизда яқинлик ва гўзал оқибат (яъни, жаннат) бордир.
Yaʼni, Dovud alayhissalom uchun Alloh taoloning huzurida muqarrablik va goʻzal oqibat bordir. Bu gap ham Dovud alayhissalom haqlarida Bani Isroil toʻqigan uydirmalar aslo sodir boʻlmasligiga dalolatdir. Allohga yaqin boʻlgan bandalar hech qachon gunoh ishlarni qilmaydilar. Alloh taoloning huzurida goʻzal oqibati bor bandalar ham unday ishlarni qilmaydilar.
Allohning Dovud alayhissalomga aytgan quyidagi soʻzlari ham odamlar orasida hukm chiqarishda oʻta ehtiyot boʻlishni yana bir bor taʼkidlaydi: