QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят26

يَـٰدَاوُۥدُ إِنَّا جَعَلْنَـٰكَ خَلِيفَةً فِى ٱلْأَرْضِ فَٱحْكُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ ٱلْهَوَىٰ فَيُضِلَّكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَضِلُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌۢ بِمَا نَسُوا۟ يَوْمَ ٱلْحِسَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yo`lidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yo`lidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir.Эй Довуд, албатта, Биз сени ер юзида халифа қилдик. Бас, одамлар орасида ҳақ ила ҳукм юрит. Ҳавойи нафсга эргашма! Яна, у сени Аллоҳнинг йўлидан адаштирмасин. Албатта, Аллоҳнинг йўлидан адашадиганларга, унутганлари учун, ҳисоб кунида шиддатли азоб бордир.Alauddin Mansour: Ey Dovud, darhaqiqat, Biz seni Yerda xalifa qildik. Bas, sen (nafs) xohishiga ergashib ketmagin! Aks holda u seni Allohning yoʻlidan ozdirur. Albatta Alloh yoʻlidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob kunini (yaʼni, Qiyomatni) unutib qoʻyganlari sababli qattiq azob bordir.Эй Довуд, дарҳақиқат, Биз сени Ерда халифа қилдик. Бас, сен (нафс) хоҳишига эргашиб кетмагин! Акс ҳолда у сени Аллоҳнинг йўлидан оздирур. Албатта Аллоҳ йўлидан озадиган кимсалар учун ҳисоб-китоб кунини (яъни, Қиёматни) унутиб қўйганлари сабабли қаттиқ азоб бордир.

454-sahifa · 23-juz · 46-hizb454-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰدَاوُۥدُey Dovudэй Довудإِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизجَعَلْنَـٰكَseni qildikсени қилдикخَلِيفَةًۭxalifaхалифаفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиفَٱحْكُمbas, hukm yuritбас, ҳукм юритبَيْنَorasidaорасидаٱلنَّاسِodamlarодамларبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаوَلَاva emasва эмасتَتَّبِعِergashmaэргашмаٱلْهَوَىٰhavoi nafsgaҳавои нафсгаفَيُضِلَّكَyana u seni adashtirmasinяна у сени адаштирмасинعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингإِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَularkiуларкиيَضِلُّونَadashadilarадашадиларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингلَهُمْulargaуларгаعَذَابٌۭazob bordirазоб бордирشَدِيدٌۢshiddatliшиддатлиبِمَاsababliсабаблиنَسُوا۟unutganlariунутганлариيَوْمَkuniкуниٱلْحِسَابِhisobҳисоб
TafsirТафсир

Inson zoti, aslida, Alloh taoloning yer yuzidagi xalifasi (oʻrinbosari) hisoblanadi. Bu haqiqat boshqa oyatlarda alohida taʼkidlangan. Ushbu oyatda esa, zimmasiga odamlar orasida hukm qilish masʼuliyati yuklangan Dovud alayhissalomga oʻxshash insonlarga xalifalik yana ham ogʻir vazifa ekani taʼkidlanmoqda.

«Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik.»

Yaʼni, Biz seni yer yuzida oʻzimizga oʻrinbosar qilib qoʻydik. Sen u yerda odamlarning baʼzi ishlarini boshqarasan. Bu senga juda katta masʼuliyatdir. Uni ado etishda ehtiyot boʻl.

«Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit.»

Shunday ekan, Allohning bandalari orasida adolat bilan hukm yurit.

«Havoyi nafsga ergashma!»

Oʻzingning nafsingdan chiqadigan oʻy-fikrlarga ergashma.

«Yana, u seni Allohning yoʻlidan adashtirmasin.»

Chunki, havoyi nafsiga ergashish doimo Allohning yoʻlidan adashtirib kelgan. Odamlar orasida adolat bilan hukm yuritaman, deb oʻziga ishongan va havoyi nafsiga berilgan odam, albatta, Allohning yoʻlidan adashishga duchor boʻlishi turgan gap. Buning esa, oqibati yomon.

«Albatta, Allohning yoʻlidan adashadiganlarga unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir.»

Havoyi nafsga ergashish Allohning yoʻlidan adashishga, bu esa, oʻz navbatida, Allohni unutishga olib keladi. Allohning yoʻlidan adashish degani, Allohni unutish deganidir. Boʻlmasa, Allohning hukmlari turganda, boshqa hukm yuritilar edimi?! Allohning hukmidan yuz oʻgirganlarga shiddatli azob bordir.

Alloh taolo Oʻz inoyatiga olgan bandalarini esa, xuddi Dovud alayhissalom singari, avval boshdayoq ogohlantirib qoʻyadi.

Mashhur tafsirchilarimizdan Hofiz Ismoil ibn Kasir ushbu oyati karimaga tegishli xabarlar ichida quyidagi rivoyatni ham keltiradi: «Abu Zarʼa roziyallohu anhu xalifa Valid ibn Abdulmalik oldiga kirdi. Al-Valid unga:

«Menga ayt-chi, xalifa ham hisob-kitob qilinadimi? Sen Qurʼonni yaxshi oʻrgangansan, chuqur bilasan», dedi. U:

«Ey, moʻminlarning amiri, aytaveraymi?!»–deb soʻradi. Al-Valid:

«Allohning omonidasan, aytaver», dedi. Abu Zarʼa:

«Ey, moʻminlarning amiri! Alloh uchun sen hurmatlimisan yoki Dovud alayhissolatu vassalommi?! Alloh taolo unga xalifalik va Paygʻambarlikni jamlab berganidan soʻng unga Oʻz kitobida tahdid qilib: «Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yoʻlidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yoʻlidan adashadiganlarga unutganlari uchun hisob kunida shiddatli azob bordir», degan», dedi».

Dovud alayhissalom hayotlarida roʻy bergan bir sinov va u kishiga qilingan nasihat aytib oʻtilganidan keyin, endi keladigan ikki oyatda bu dunyoning ishlari ham osmondagi ishlar kabi behuda emasligiga, oʻz holicha yoki har kimning xohishiga binoan boʻlavermasligiga, balki har bir narsadan koʻzlangan aniq maqsad borligiga ishorat qilinadi: