QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят27

وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا بَـٰطِلًا ۚ ذَٰلِكَ ظَنُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنَ ٱلنَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz osmonu yerni va ularning orasidagi narsalarni behuda yaratganimiz yo`q. Bu, kufr keltirganlarning gumonidir. Bas, kufr keltirganlar uchun do`zax(azobi)dan voy bo`lsin!Биз осмону ерни ва уларнинг орасидаги нарсаларни беҳуда яратганимиз йўқ. Бу, куфр келтирганларнинг гумонидир. Бас, куфр келтирганлар учун дўзах(азоби)дан вой бўлсин!Alauddin Mansour: Biz osmon va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarni behuda yaratgan emasmiz. Bu (yaʼni, ular behuda-bemaqsad yaratilgan degan gumon) kofir boʻlgan kimsalarning gumonidir. Bas, kofir boʻlgan kimsalar uchun doʻzaxdan iborat halokat boʻlgay!Биз осмон ва Ерни ҳамда уларнинг ўртасидаги бор нарсаларни беҳуда яратган эмасмиз. Бу (яъни, улар беҳуда-бемақсад яратилган деган гумон) кофир бўлган кимсаларнинг гумонидир. Бас, кофир бўлган кимсалар учун дўзахдан иборат ҳалокат бўлгай!

455-sahifa · 23-juz · 46-hizb455-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасخَلَقْنَاyaratganimizяратганимизٱلسَّمَآءَosmonniосмонниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниوَمَاva narsalarniва нарсаларниبَيْنَهُمَاular orasidagiулар орасидагиبَـٰطِلًۭا ۚbehudaбеҳудаذَٰلِكَbuбуظَنُّgumonidirгумонидирٱلَّذِينَularningуларнингكَفَرُوا۟ ۚkufr keltirganкуфр келтирганفَوَيْلٌۭbas, voy boʻlsinбас, вой бўлсинلِّلَّذِينَulargaуларгаكَفَرُوا۟kufr keltirganlargaкуфр келтирганларгаمِنَ-dan-данٱلنَّارِdoʻzaxдўзах
TafsirТафсир

Gap faqat odamlar orasida adolat bilan hukm yuritishdagina emas. Gap undan koʻra katta, undan koʻra umumiyroq boʻlgan narsa haqida–butun borliqning bu dunyosiyu oxirati haqida ketmoqda.

«Biz osmonu yerni va ularning orasidagi narsalarni behuda yaratganimiz yoʻq.»

Biz osmonni bekorga yaratganimiz yoʻq. Biz yerni bekorga yaratganimiz yoʻq. Biz osmon bilan yer orasidagi hamma-hamma narsalarni bekorga yaratganimiz yoʻq. Biz osmonni haq bilan yaratganmiz. Biz yerni haq bilan yaratganmiz. Biz yer bilan osmon orasidagi hamma-hamma mavjudotni haq bilan yaratganmiz. Shuning uchun ham, osmonlaru yerda va ularning orasidagi barcha narsalarda haq qonun hukm surishi kerak. Odamlar orasida hukm yuritishda ham ilohiy haqiqat hukm surishi kerak.

Bu haqiqatni tan olmaganlar, osmonu yer va ularning orasidagi narsalar botil uchun, behudaga yaratilgan, degan boʻladilar.

«Bu, kufr keltirganlarning gumonidir.»

Kufr keltirganlarning butun borliqqa munosabati shu gumondan iboratdir. Ularga qolsa, osmon ham behuda yaratilgan, yer ham behuda yaratilgan, osmonu yer orasidagi butun borliq ham behuda yaratilgan. Shuning uchun, ular bu dunyoda Allohning aytgani boʻyicha emas, oʻzlarining havoyi nafslari xohlaganicha yashab oʻtadilar.

Demak, borliqqa nisbatan odamlar ikki xil munosabatda boʻladilar. Iymonli, solih amalli va taqvodor kishilar janobi Haq borliqni haq bilan yaratgan deb qaraydilar va bu dunyoda Allohning haq koʻrsatmasi bilan yashaydilar. Kufr keltirgan buzgʻunchi fojirlar esa, ularning barchasini botil deb biladilar. Shuning uchun ham, bu dunyoda Allohning haq hukmi asosida emas, oʻzlarining botil hukmlari asosida yashab oʻtadilar.

Qiyomatda hamma Allohning huzuriga qaytgan chogʻda har kimga bu dunyoda qanday yashab oʻtganiga qarab muomala qilinadi. Hamma barobar boʻlavermaydi. Mazkur haqiqatni Alloh taolo quyidagi oyatda bayon qiladi: