QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят28

أَمْ نَجْعَلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ كَٱلْمُفْسِدِينَ فِى ٱلْأَرْضِ أَمْ نَجْعَلُ ٱلْمُتَّقِينَ كَٱلْفُجَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzg`unchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yo`q! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?!Йўқ! Биз иймон келтириб, солиҳ амаллар қилганларни ер юзида бузғунчилик қилувчилар каби қилармидик?! Йўқ! Биз тақводорларни фожирлар каби қилармидик?!Alauddin Mansour: Balki Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni Yerda buzgʻunchilik qilib yurgan kimsalar kabi qilib qoʻyurmiz?! Balki Biz taqvodor zotlarni fisqu-fujur qilib yurgan kimsalar kabi qilib qoʻyurmiz?! (Yoʻq, aslo undoq boʻlmas!)Балки Биз иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларни Ерда бузғунчилик қилиб юрган кимсалар каби қилиб қўюрмиз?! Балки Биз тақводор зотларни фисқу-фужур қилиб юрган кимсалар каби қилиб қўюрмиз?! (Йўқ, асло ундоқ бўлмас!)

455-sahifa · 23-juz · 46-hizb455-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиنَجْعَلُqilarmidikқилармидикٱلَّذِينَularniуларниءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَعَمِلُوا۟va qilganва қилганٱلصَّـٰلِحَـٰتِsolih amallarсолиҳ амалларكَٱلْمُفْسِدِينَbuzgʻunchilar kabiбузғунчилар кабиفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиأَمْyokiёкиنَجْعَلُqilarmidikқилармидикٱلْمُتَّقِينَtaqvodorlarniтақводорларниكَٱلْفُجَّارِfojirlar kabiфожирлар каби
TafsirТафсир

Kufr keltirgan kimsalar borliq haqida, undagi ishlar haqida notoʻgʻri gumonga boradilar.

«Yoʻq!»

Kofirlar gumon qilganidek, har kim oʻz bilganini bajarib, soʻngra qutulib ketavermaydi. Hammasining hisob-kitobi boʻladi.

«Biz iymon keltirib, solih amallarni qilganlarni yer yuzida buzgʻunchilik qiluvchilar kabi qilarmidik!»

Hammaga bir xil muomala boʻlmaydi. Iymon keltirib, solih amal qilganlarni oxiratda oliy mukofotlar-la mukofotlaymiz. Yer yuzida buzgʻunchilik qiluvchilarni esa, doʻzaxga solib, shiddatli azoblar-la azoblaymiz.

«Yoʻq!»

Kufr keltirganlarning borliq va undagi ishlar haqidagi gumonlari notoʻgʻri.

«Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?!»

Ular bilan bular ayri-ayri muomala koʻradilar. Taqvodorlar taqvolariga yarasha oxiratda jannatning oliy darajalariga erishadilar. Fojirlar doʻzaxning eng qaʼriga tushib, anvoyi azoblar bilan azoblanadilar.

Moʻminlar va kofirlarga bir xilda munosabatda boʻlish Alloh taoloning hikmatiga ham, adolatiga ham toʻgʻri kelmaydi. Itoatkor, taqvodor banda mukofotlanishi, osiy, fojir banda jazolanishi kerak. Buning uchun esa, oxirat, qiyomat, hisob-kitob boʻlishi zarur. Chunki, hamma taqvodor ham oʻziga yarasha mukofotni bu dunyoda toʻliq olmaydi. Adolat toʻla yuzaga chiqishi uchun oxirat kerak. Oxiratda esa, yuqorida zikr etilganidek, har kimga oʻziga yarasha muomala qilinadi.

Ana shularni kishilarga bayon qilish uchun Qurʼoni Karim nozil qilingandir.