كِتَـٰبٌ أَنزَلْنَـٰهُ إِلَيْكَ مُبَـٰرَكٌ لِّيَدَّبَّرُوٓا۟ ءَايَـٰتِهِۦ وَلِيَتَذَكَّرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَـٰبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz senga nozil qilgan Kitob muborakdir. Aql egalari uning oyatlarini tadabbur qilishlari va eslashlari uchundir.Биз сенга нозил қилган Китоб муборакдир. Ақл эгалари унинг оятларини тадаббур қилишлари ва эслашлари учундир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, ushbu Qurʼon barcha odamlar) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan bir muborak Kitobdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, ушбу Қуръон барча одамлар) оятларини тафаккур қилишлари ва ақл эгалари эслатма-ибрат олишлари учун Биз сизга нозил қилган бир муборак Китобдир.
Ey Muhammad, odamlar orasida haq bilan hukm yuritishing uchun Biz senga Qurʼonni tushirganmiz.
«Biz senga nozil qilgan Kitob muborakdir.»
Dunyo va oxiratning barcha barakasi ushbu Kitobdir. Kim ikki dunyoning barakasini olishni xohlasa, ushbu muborak kitobga– Qurʼonga amal qilsin. Kim ikki dunyoning baxt-saodatiga erishishni istasa, ushbu Qurʼonni oʻziga dastur qilib olsin. Biz Qurʼonni kishilarni ikki dunyo saodatiga boshlash uchun nozil qildik.
«Aql egalari uning oyatlarini tadabbur qilishlari va eslashlari uchundir.»
Qurʼon oyatlarini aqlli kishilar tadabbur qiladilar–chuqur tafakkur qiladilar. Qurʼon oyatlaridan aqlli kishilar eslatma oladilar.
Endi Dovud alayhissalomning oʻgʻillari Sulaymon alayhissalomning qissasi keladi: