QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят30

وَوَهَبْنَا لِدَاوُۥدَ سُلَيْمَـٰنَ ۚ نِعْمَ ٱلْعَبْدُ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz Dovudga Sulaymonni hadya qildik. U qanday ham yaxshi bandadir. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.Ва Биз Довудга Сулаймонни ҳадя қилдик. У қандай ҳам яхши бандадир. Албатта, у ўта қайтгувчидир.Alauddin Mansour: Biz Dovudga Sulaymonni hadya etdik. (Sulaymon) naqadar yaxshi bandadir. Darhaqiqat, u (Alloh rozi boʻladigan yoʻlga) butunlay qaytguvchidir.Биз Довудга Сулаймонни ҳадя этдик. (Сулаймон) нақадар яхши бандадир. Дарҳақиқат, у (Аллоҳ рози бўладиган йўлга) бутунлай қайтгувчидир.

455-sahifa · 23-juz · 46-hizb455-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَوَهَبْنَاva Biz hadya qildikва Биз ҳадя қилдикلِدَاوُۥدَDovudgaДовудгаسُلَيْمَـٰنَ ۚSulaymonniСулаймонниنِعْمَqanday ham yaxshiқандай ҳам яхшиٱلْعَبْدُ ۖbandaбандаإِنَّهُۥٓalbatta, uалбатта, уأَوَّابٌoʻta qaytguvchidirўта қайтгувчидир
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyatda bandasi va Paygʻambari Dovud alayhissalomga boshqa bir Paygʻambari Sulaymon alayhissalomni oʻgʻil qilib berganining xabarini bermoqda va Sulaymon alayhissalom haqida maqtov soʻzlarini aytmoqda.

«Va Biz Dovudga Sulaymonni hadya qildik. U qanday ham yaxshi bandadir.»

Yaʼni, Sulaymon qanday ham yaxshi bandadir. Oʻsha yaxshi bandaligining eng koʻzga koʻringan xislatlaridan biri shuki:

«Albatta, u oʻta qaytguvchidir».

Har bir narsada Allohga qaytuvchidir. Doimo Allohga tavba qilib turuvchidir.