قَالَ رَبِّ ٱغْفِرْ لِى وَهَبْ لِى مُلْكًا لَّا يَنۢبَغِى لِأَحَدٍ مِّنۢ بَعْدِىٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْوَهَّابُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey Robbim, meni mag`firat qilgin va menga o`zimdan keyin biror kishiga muyassar bo`lmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, sen ko`plab atolarni berguvchisan», dedi.У: «Эй Роббим, мени мағфират қилгин ва менга ўзимдан кейин бирор кишига муяссар бўлмайдиган мулкни ҳадя этгин. Албатта, сен кўплаб атоларни бергувчисан», деди.Alauddin Mansour: Dedi: «Parvardigorim, Oʻzing meni magʻfirat qilgin va menga oʻzimdan keyin birontasi uchun muyassar boʻlmaydigan bir mulku-davlat hadya etgin. Zero, yolgʻiz Sening Oʻzinggina (barcha yaxshiliklarni) hadya etguvchisan».Деди: «Парвардигорим, Ўзинг мени мағфират қилгин ва менга ўзимдан кейин биронтаси учун муяссар бўлмайдиган бир мулку-давлат ҳадя этгин. Зеро, ёлғиз Сенинг Ўзинггина (барча яхшиликларни) ҳадя этгувчисан».
Arablarda: «Hasanatul abror sayyiatul muqarrabiyn», degan gap bor. Yaʼni, yaxshi bandalarning goʻzal amallari muqarrab (Allohga yaqin bandalar) uchun yomonlik hisoblanishi mumkin. Shuningdek, Sulaymon alayhissalomdek zotning otlarga zavqlanib ketishi, bir marta «inshoalloh» demay gapirib qoʻyishlari oʻzlari uchun ogʻir musiybat boʻlib koʻringan. Shuning uchun:
«U: «Ey Robbim, meni magʻfirat qilgin...» deb Alloh taolodan magʻfirat soʻraganlar.
Alloh taolodan magʻfirat soʻrash uchun, albatta, katta bir gunohni qilish shart emas. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham, avvalgiyu oxirgi gunohlarini Alloh taolo kechirgan boʻlishiga qaramay, doimo istigʻfor aytib yurar edilar. Shuningdek, Sulaymon alayhissalomning:
«va menga oʻzimdan keyin biror kishiga muyassar boʻlmaydigan mulk-ni hadya etgin» deyishlari aslo qizgʻanchiqlik yo «oʻzim boʻlay» qabilidagi tilak emas. Balki Sulaymon alayhissalom bu tilak bilan oʻzlariga xos bir moʻʼjiza boʻlishini, mulklari oʻzlaridan keyin keladigan har qanday mulkdan ajralib turishini orzu qildilar. Alloh taolo u zotning duolarini qabul etdi va soʻraganlaridek mulkni berdi.