QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят34

وَلَقَدْ فَتَنَّا سُلَيْمَـٰنَ وَأَلْقَيْنَا عَلَىٰ كُرْسِيِّهِۦ جَسَدًا ثُمَّ أَنَابَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz Sulaymonni sinadik. Uning kursisiga jasadni tashladik. So`ngra, u tavba qildi.Батаҳқиқ, Биз Сулаймонни синадик. Унинг курсисига жасадни ташладик. Сўнгра, у тавба қилди.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir jonsiz jasadni tashladik. Soʻngra u tavba-tazarruʼ qilib;Дарҳақиқат, Биз Сулаймонни имтиҳон қилдик ва унинг тахти устига бир жонсиз жасадни ташладик. Сўнгра у тавба-тазарруъ қилиб;

455-sahifa · 23-juz · 46-hizb455-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқفَتَنَّاBiz sinadikБиз синадикسُلَيْمَـٰنَSulaymonniСулаймонниوَأَلْقَيْنَاva tashladikва ташладикعَلَىٰustigaустигаكُرْسِيِّهِۦuning kursisiунинг курсисиجَسَدًۭاjasadniжасадниثُمَّsoʻngraсўнграأَنَابَu tavba qildiу тавба қилди
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi zikr qilingan sinov nimadan iborat? Kursiga tashlangan jasad nima edi? Bu savolga boshqa oyatlarda ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida ham ochiq-oydin javob yoʻq. Shuning uchun ham, turli asossiz qissa va hikoyalar koʻpayib ketgan.

Eʼtiborli tafsirchilarimiz bu oyatga bevosita bogʻliq hadislar boʻlmasa ham, bir sahih rivoyat borligini aytib, oʻsha rivoyat ehtimol bu oyatni toʻgʻri tushunishga yordam berar, deydilar

Imom Buxoriy hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytilgan:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilarki: «Sulaymon, bu kecha yetmish ayolni aylanib chiqaman, ularning har biri Alloh yoʻlida jihod qiladigan chavandoz tugʻadi», dedi. «Inshoalloh» demadi. Bas, u ayollarni aylanib chiqdi. Ulardan birgina ayol homilador boʻlib, yarimta (chala) bola tashladi. Mening nafsim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, agar «inshoalloh» deganida, ularning hammasi chavandoz boʻlib, Alloh yoʻlida jihod qilar edilar».

Bu hadisi sharifni oyatga bogʻliq biladigan boʻlsak, quyidagi maʼnolar kelib chiqadi.

«Batahqiq, Biz Sulaymonni sinadik.»

Demak, Sulaymon alayhissalom ham boshqa Paygʻambarlar singari, xususan oʻz otalari Dovud alayhissalom kabi, Alloh taoloning sinoviga uchraganlar. Sinovning bir qismi u kishiga otlarning koʻrsatilishi edi. Soʻngra, otlarni koʻrib, Alloh yoʻlida jihod qiladigan chavandoz oʻgʻillari boʻlishini orzu etdilar. Shunda, hadisi sharifda kelganidek, xotinlaridan yetmishtasiga bir kechada aylanib chiqishni va ulardan Alloh yoʻlida jihod qiladigan yetmishta chavandoz oʻgʻil koʻrishni niyat qildilar-u, lekin «inshoalloh» demadilar. Oʻzlaridan oʻtgan bu kichikkina sustlikni qalblari darhol sezdi. Buning ustiga, ashyoviy dalil ham keldi.

«Uning kursisiga jasadni tashladik.»

Oʻsha kecha homilador boʻlgan birgina xotini ham chala bola tugʻib qoʻydi. Oʻsha yarimta jasad Sulaymon alayhissalomning kursisiga keltirildi. Shunda Sulaymon alayhissalom gap nimada ekanini toʻla anglab yetdilar.

«Soʻngra, u tavba qildi.»

Alloh taologa qaytdi–yuzlandi. Hech qachon Allohning zikridan boshqa narsaga koʻngil burmaslikka va «inshoalloh» demasdan biror ish qilmaslikka azmu qaror berdilar.