QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят33

رُدُّوهَا عَلَىَّ ۖ فَطَفِقَ مَسْحًۢا بِٱلسُّوقِ وَٱلْأَعْنَاقِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni menga qaytaring!» – dedi. So`ngra ularning oyoq va bo`yinlarini «silay» boshladi!Уларни менга қайтаринг!» – деди. Сўнгра уларнинг оёқ ва бўйинларини «силай» бошлади!Alauddin Mansour: U (ot)larni menga qaytaringlar-chi! Bas, u (qilich bilan otlarning) oyoq va boʻyinlarini «silash»ga kirishdi (va ularni Alloh yoʻlida qurbonlik qilib yubordi).У (от)ларни менга қайтаринглар-чи! Бас, у (қилич билан отларнинг) оёқ ва бўйинларини «силаш»га киришди (ва уларни Аллоҳ йўлида қурбонлик қилиб юборди).

455-sahifa · 23-juz · 46-hizb455-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رُدُّوهَاularni qaytaringуларни қайтарингعَلَىَّ ۖmengaменгаفَطَفِقَsoʻngra boshladiсўнгра бошладиمَسْحًۢاsilashniсилашниبِٱلسُّوقِoyoqlariniоёқлариниوَٱلْأَعْنَاقِva boʻyinlariniва бўйинларини
TafsirТафсир

Yaʼni, dunyo matohlari boʻlmish otlarga qiziqib ketib, vaqtni oʻtkazibman, ular zehnimni Robbimning zikridan chalgʻitibdi. Ularga berilib ketganimdan quyosh parda ortiga oʻtganini–botganini ham sezmay qolibman, dedilar.

Quyosh botganidan keyin oʻzlariga kelib, bir onlik bu sustlikni tuzatishga kirishdilar.

«Ularni menga qaytaring!» – dedi.»

Yaʼni, mening eʼtiborimni tortgan oʻsha otlarni menga qaytarib olib keling, dedilar.

«Soʻngra ularning oyoq va boʻyinlarini «silay» boshladi!»

Yaʼni, qurbonlik qilib, soʻyib yubordilar. Bir muddat zehnimni Allohning zikridan chalgʻitgani uchun bu otlarni Alloh yoʻlida qurbonlik qilay, deb boʻyinlari va oyoqlarini kesa boshladilar.

Bani isroilliklar xuddi Dovud alayhissalom haqida yolgʻon uydirganidek, Sulaymon alayhissalomning boshidan kechgan bu voqeani ham sharhlab, u zot alayhissalomning shaʼnlariga turli-tuman igʻvo va boʻhtonlarni yogʻdirishgan. Ana shu uydirmalardan baʼzilari, ming afsuski, tafsir kitoblarimizga ham kirib qolgan. Ammo muhaqqiq tafsirchilarimiz, jumladan, ulugʻ imomlar–imom Roziy, imom Bayzoviy va imom Nasafiy bu botil rivoyatlarga yetarlicha javob berganlar. Bu haqda, Sulaymon alayhissalom ot oʻynatishga berilib ketib, asr namozini qazo qilgan, deyishgacha borib yetilgan. Ammo bu qusur Paygʻambarlarning ismatiga–gunoh qilmaslik tabiatiga mos emas. Keyin keladigan oyatlarni sharhlab, Sulaymon alayhissalomning uzugini shayton taqib olib, oʻrniga hukm yuritgan, degan boʻhtonlar ham toʻqilgan. Ammo bularning hammasi Bani Isroilning uydirmalaridan boshqa narsa emas.

Eʼtibor bilan oʻrganilsa, bu sinov nima uchun yuz bergani oydinlashadi: