فَقَالَ إِنِّىٓ أَحْبَبْتُ حُبَّ ٱلْخَيْرِ عَن ذِكْرِ رَبِّى حَتَّىٰ تَوَارَتْ بِٱلْحِجَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Albatta, men Robbimning zikridan ko`ra dunyo ishqiga berilib ketib, hatto (quyosh) parda ila berkinibdi-ku!У: «Албатта, мен Роббимнинг зикридан кўра дунё ишқига берилиб кетиб, ҳатто (қуёш) парда ила беркинибди-ку!Alauddin Mansour: Bas, u (oʻsha otlarga mahliyo boʻlib, kun botish oldida oʻqiydigan namozi qazo boʻlgach,) dedi: «Darhaqiqat, men Parvardigorimni eslashdan (yaʼni, oʻqiydigan namozimdan qolib) bu suyukli otlarni suyub-erkalashga berilib ketibman! Hatto (quyosh ham) parda ortiga berkinibdi (yaʼni, botib ketibdi)!Бас, у (ўша отларга маҳлиё бўлиб, кун ботиш олдида ўқийдиган намози қазо бўлгач,) деди: «Дарҳақиқат, мен Парвардигоримни эслашдан (яъни, ўқийдиган намозимдан қолиб) бу суюкли отларни суюб-эркалашга берилиб кетибман! Ҳатто (қуёш ҳам) парда ортига беркинибди (яъни, ботиб кетибди)!
Yaʼni, dunyo matohlari boʻlmish otlarga qiziqib ketib, vaqtni oʻtkazibman, ular zehnimni Robbimning zikridan chalgʻitibdi. Ularga berilib ketganimdan quyosh parda ortiga oʻtganini–botganini ham sezmay qolibman, dedilar.
Quyosh botganidan keyin oʻzlariga kelib, bir onlik bu sustlikni tuzatishga kirishdilar.
«Ularni menga qaytaring!» – dedi.»
Yaʼni, mening eʼtiborimni tortgan oʻsha otlarni menga qaytarib olib keling, dedilar.
«Soʻngra ularning oyoq va boʻyinlarini «silay» boshladi!»
Yaʼni, qurbonlik qilib, soʻyib yubordilar. Bir muddat zehnimni Allohning zikridan chalgʻitgani uchun bu otlarni Alloh yoʻlida qurbonlik qilay, deb boʻyinlari va oyoqlarini kesa boshladilar.
Bani isroilliklar xuddi Dovud alayhissalom haqida yolgʻon uydirganidek, Sulaymon alayhissalomning boshidan kechgan bu voqeani ham sharhlab, u zot alayhissalomning shaʼnlariga turli-tuman igʻvo va boʻhtonlarni yogʻdirishgan. Ana shu uydirmalardan baʼzilari, ming afsuski, tafsir kitoblarimizga ham kirib qolgan. Ammo muhaqqiq tafsirchilarimiz, jumladan, ulugʻ imomlar–imom Roziy, imom Bayzoviy va imom Nasafiy bu botil rivoyatlarga yetarlicha javob berganlar. Bu haqda, Sulaymon alayhissalom ot oʻynatishga berilib ketib, asr namozini qazo qilgan, deyishgacha borib yetilgan. Ammo bu qusur Paygʻambarlarning ismatiga–gunoh qilmaslik tabiatiga mos emas. Keyin keladigan oyatlarni sharhlab, Sulaymon alayhissalomning uzugini shayton taqib olib, oʻrniga hukm yuritgan, degan boʻhtonlar ham toʻqilgan. Ammo bularning hammasi Bani Isroilning uydirmalaridan boshqa narsa emas.
Eʼtibor bilan oʻrganilsa, bu sinov nima uchun yuz bergani oydinlashadi: