QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят38

وَءَاخَرِينَ مُقَرَّنِينَ فِى ٱلْأَصْفَادِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va boshqalarini ham kishanlangan holda to`plab (bo`ysundirdik).Ва бошқаларини ҳам кишанланган ҳолда тўплаб (бўйсундирдик).Alauddin Mansour: Boshqa (boʻyinsunmaydigan jin)larni esa kishanlar bilan bogʻlangan holda soldik.Бошқа (бўйинсунмайдиган жин)ларни эса кишанлар билан боғланган ҳолда солдик.

455-sahifa · 23-juz · 46-hizb455-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَءَاخَرِينَva boshqalariniва бошқалариниمُقَرَّنِينَtoʻplab bogʻlanganтўплаб боғланганفِىichidaичидаٱلْأَصْفَادِkishanlarкишанлар
TafsirТафсир

Ushbu uch oyatda Alloh taolo Sulaymon alayhissalomning duolarini qabul qilib, u kishiga xos qilib bergan narsalari zikr etilmoqda. Bu neʼmatlar oldin oʻtgan suralarda ham zikr qilingan. Ammo bu suradagi zikr oʻziga xos uslub bilan kelmoqda. Oʻziga xos tarovat baxsh etmoqda.

«Biz unga shamolni boʻysundirdik...»

Sulaymon alayhissalom nimani istasalar, shamol shu istakka soʻzsiz boʻysunadigan boʻldi.

«...u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi.»

Bu ish Alloh taologa juda osondir. Chunki, Sulaymon alayhissalom ham, shamol ham Alloh yaratgan maxluqdir, Allohning irodasi ostidagi xalqdir. Shulardan birini ikkinchisiga boʻysundirib qoʻyish Alloh uchun ish emas.

«Yana barcha binokor va gʻavvos shaytonlarni ham» boʻysundirib qoʻydik. Binokor shayton-jinlar u kishining amriga boʻysunib, oddiy odamlarning qudrati yetmaydigan ulkan qasrlar qurib berishar edi. Favvos shaytonlar esa, dengizdan duru marjonlar terib berishardi.

«Va boshqalarini ham kishanlangan holda toʻplab (boʻysundirdik).»

Yaʼni, boshqa oʻzboshimcha shayton-jinlar kishanlanib, ikkitaikkita yoki koʻproq holda bir-birlariga jamlanib, Sulaymon alayhissalomga boʻysundirilgan edi. Ular Sulaymon alayhissalom xohlagan ishlarni bajo keltirishardi.

Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam sahobalariga bir kuni: «Bugun kechasi jinlarni ushlab bogʻlab qoʻygan edim. Birodarim Sulaymonning: «Ey Robbim, menga oʻzimdan keyin biror kishiga muyassar boʻlmaydigan mulkni hadya etgin», degan gapini eslab, qoʻyib yubordim, yoʻqsa, sizlar ham ularni koʻrar edilaringiz», deganlar.

Undan keyin Alloh taolo Sulaymon alayhissalomga dedi: