هَـٰذَا عَطَآؤُنَا فَٱمْنُنْ أَوْ أَمْسِكْ بِغَيْرِ حِسَابٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu Bizning ato etgan narsamizdir. In'om et yoki tutib qol, hisob yo`q.Бу Бизнинг ато этган нарсамиздир. Инъом эт ёки тутиб қол, ҳисоб йўқ.Alauddin Mansour: (Va Sulaymonga dedik): «Mana shu Bizning (senga) ato etgan narsamizdir. Bas, sen (ushbu neʼmatlardan oʻzing xohlagan kishilarga) ehson qil, yoki qilma (seni bu toʻgʻrida) hisob-kitob qilinmas».(Ва Сулаймонга дедик): «Мана шу Бизнинг (сенга) ато этган нарсамиздир. Бас, сен (ушбу неъматлардан ўзинг хоҳлаган кишиларга) эҳсон қил, ёки қилма (сени бу тўғрида) ҳисоб-китоб қилинмас».
Mana shu zikr qilingan narsalar bizning senga ato etgan keng va oʻlchovsiz neʼmatlarimizdir. Ixtiyor oʻzingda, xohlaganingcha tasarruf qil. Xohlasang, boshqalarga ham ulardan inʼom et. Xohlasang, bermay tutib qol. Nima qilsang ham, senga bu borada hisob-kitob yoʻqdir, dedi.
Ammo, Alloh taoloning Sulaymon alayhissalomga bergan neʼmatlari benihoyadir: