QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят67

قُلْ هُوَ نَبَؤٌا۟ عَظِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Bu ulug` bir xabardir.Сен: «Бу улуғ бир хабардир.Alauddin Mansour: Ayting: «Oʻsha (yaʼni, men sizlarga yetkazgan mana shu soʻzlar) ulugʻ bir xabardir.Айтинг: «Ўша (яъни, мен сизларга етказган мана шу сўзлар) улуғ бир хабардир.

457-sahifa · 23-juz · 46-hizb457-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтهُوَbuбуنَبَؤٌا۟xabardirхабардирعَظِيمٌulugʻулуғ
TafsirТафсир

Ey Muhammad, Qurʼon haqida shak-shubhaga tushayotgan oʻsha mushriklarga gapning ochigʻini ayt. Sen ularga Qurʼonning nimaligini bayon qilib ber.

«Sen: «Bu ulugʻ bir xabardir», deb ayt

Bu Qurʼon ulugʻ xabardir. Butun dunyoni zulmatdan nurga olib chiquvchi ulugʻ xabardir. Qiyomat kunigacha ilohiy moʻʼjiza boʻlib qoluvchi ulugʻ xabardir. Qiyomatgacha insoniyatga ikki dunyo saodat yoʻlini koʻrsatib turuvchi ulugʻ xabardir. Dunyodagi har bir inson unga iymon keltirishi lozim boʻlgan ulugʻ xabardir.

«Siz boʻlsangiz, undan yuz oʻgirmoqdasiz.»

Siz boʻlsangiz, unga iymon keltirmasdan, yuz oʻgirmoqdasiz. Uning neligini tushunmay, u haqda buzuq fikrlaringizni yoymoqdasiz. Xohishingizga mos kelmagani uchun undan yuz oʻgirmoqdasiz. Odamlarga ham oʻzingiz toʻqigan uydirmalarni singdirmoqdasiz.

«Oliy toʻplam haqida ular tortishayotganlarida mening hech bilimim boʻlmagan edi.»

Ey mushriklar, bu Qurʼon va Paygʻambarlik shaʼni siz oʻylayotgandek oddiy va joʻn emas. U mening shaxsimga ham bogʻliq emas. Bu gaplarni men oʻylab chiqarganim yoʻq. Oliy toʻplamda (farishtalar olamida) bu haqda oʻzaro tortishuvlar boʻlayotganida mening hech ilmim yoʻq edi. Men u haqda hech narsa bilmas edim.

«Menga faqat oʻzimning ochiq-oydin ogohlantirguvchi ekanligimgina vahiy etilur», deb ayt.»

Bu ishlarda mening daxlim yoʻq. Men faqat ogohlantirguvchi elchiman. Oʻzimga kelgan vahiyni sizlarga yetkazaman, xolos.

Shu oʻrinda oʻsha oliy toʻplamda boʻlib oʻtgan, Alloh vahiy qilmagunicha hech kim bilmagan ishlardan bittasi keltiriladi: