QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят66

رَبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفَّـٰرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Aziyzu Faffordir», deb ayt.У осмонлару ернинг ва уларнинг орасидаги нарсаларнинг Робби, Азийзу Fаффордир», деб айт.Alauddin Mansour: U osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi bor narsaning qudratli va magʻfiratli Parvardigoridir».У осмонлар ва Ернинг ҳамда уларнинг ўртасидаги бор нарсанинг қудратли ва мағфиратли Парвардигоридир».

457-sahifa · 23-juz · 46-hizb457-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رَبُّRobbiРоббиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингوَمَاva narsalarningва нарсаларнингبَيْنَهُمَاularning orasidagiуларнинг орасидагиٱلْعَزِيزُAzizАзизٱلْغَفَّـٰرُGʻaffordirҒаффордир
TafsirТафсир

Ey Muhammad, sen ana u mushriklarga bor gapni ayt. Ular haqiqatni ochiq bilib qoʻysinlar. Sen ularga:

«Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.

Ular oʻzlaricha: «Muhammad xudolarni bitta qilib qoʻydimi?! Bu juda ajablanarli narsa-ku», deb yurmasinlar. Sen xudolarni birlashtiruvchi ham emassan. Qandaydir ajablanarli ishlarni qiluvchi ham emassan. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Sen oʻsha ogohlantirishing zimnidagi quyidagi maʼnolarni ham ularga ayt:

«Hech bir ibodatga sazovor zot yoʻqdir, magar yagona va oʻta qahrli Allohgina bor».

Borliqda Allohdan oʻzga ibodatga sazovor hech qanday zot yoʻq. Oʻsha Allohning sifati yagonalikdir. Mushriklar daʼvo qilayotganidek Uning sherigi yoʻqdir.

U Qahhor–oʻta qahrlidir. Har bir narsani Oʻziga boʻyinsundirguvchidir.

«U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Aziyzu Faffordir», deb ayt.»

Oʻsha yagona Alloh–osmonlaru yerning va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi–yaratuvchisi, tasarruf qiluvchisidir. U Aziyzdir–hammadan gʻolibdir, hech kimdan magʻlub emas. U Faffordir–tavba qilganlar uchun oʻta magʻfiratli zotdir.

Ey Paygʻambar!