قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ مُنذِرٌ ۖ وَمَا مِنْ إِلَـٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yo`qdir, magar yagona va Qahhor (barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni O`z hukmiga yuritib va qudrati ila bo`ysundirib turuvchi) Allohgina bor.Сен: «Мен фақат огоҳлантиргувчиман, холос. Ҳеч бир ибодатга сазовор зот йўқдир, магар ягона ва Қаҳҳор (барча махлуқотларни қабзасида тутиб, уларни Ўз ҳукмига юритиб ва қудрати ила бўйсундириб турувчи) Аллоҳгина бор.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, Makka mushriklariga) ayting: «Men faqat bir ogohlantirguvchidirman, xolos. Hech qanday iloh yoʻq, magar yakkayu yolgʻiz gʻolib Allohgina bordir...(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, Макка мушрикларига) айтинг: «Мен фақат бир огоҳлантиргувчидирман, холос. Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар яккаю ёлғиз ғолиб Аллоҳгина бордир...
Ey Muhammad, sen ana u mushriklarga bor gapni ayt. Ular haqiqatni ochiq bilib qoʻysinlar. Sen ularga:
«Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.
Ular oʻzlaricha: «Muhammad xudolarni bitta qilib qoʻydimi?! Bu juda ajablanarli narsa-ku», deb yurmasinlar. Sen xudolarni birlashtiruvchi ham emassan. Qandaydir ajablanarli ishlarni qiluvchi ham emassan. Sen faqat ogohlantiruvchisan, xolos. Sen oʻsha ogohlantirishing zimnidagi quyidagi maʼnolarni ham ularga ayt:
«Hech bir ibodatga sazovor zot yoʻqdir, magar yagona va oʻta qahrli Allohgina bor».
Borliqda Allohdan oʻzga ibodatga sazovor hech qanday zot yoʻq. Oʻsha Allohning sifati yagonalikdir. Mushriklar daʼvo qilayotganidek Uning sherigi yoʻqdir.
U Qahhor–oʻta qahrlidir. Har bir narsani Oʻziga boʻyinsundirguvchidir.
«U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Aziyzu Faffordir», deb ayt.»
Oʻsha yagona Alloh–osmonlaru yerning va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi–yaratuvchisi, tasarruf qiluvchisidir. U Aziyzdir–hammadan gʻolibdir, hech kimdan magʻlub emas. U Faffordir–tavba qilganlar uchun oʻta magʻfiratli zotdir.
Ey Paygʻambar!