QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят76

قَالَ أَنَا۠ خَيْرٌ مِّنْهُ ۖ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan. Uni loydan yaratgansan», dedi.У: «Мен ундан яхшиман. Мени оловдан яратгансан. Уни лойдан яратгансан», деди.Alauddin Mansour: U aytdi: «Men undan yaxshiroqdirman. Sen meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding».У айтди: «Мен ундан яхшироқдирман. Сен мени оловдан яратгансан, уни эса лойдан яратдинг».

457-sahifa · 23-juz · 46-hizb457-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиأَنَا۠menменخَيْرٌۭyaxshimanяхшиманمِّنْهُ ۖundanунданخَلَقْتَنِىmeni yaratgansanмени яратгансанمِن-dan-данنَّارٍۢolovdanоловданوَخَلَقْتَهُۥva uni yaratgansanва уни яратгансанمِن-dan-данطِينٍۢloydanлойдан
TafsirТафсир

Bu javobdan Odamga Alloh taolo tomonidan berilgan martabaga iblis hasad qilib, kufrga ketgani bilinadi.

«Men undan yaxshiman.»

Hamma baloning boshi «men, men», deyishlikda.

Iblis, men odamdan yaxshiman, nima uchun oʻzimdan past maxluqqa sajda qilishim kerak ekan, deb bosh tortdi.

«Meni olovdan yaratgansan.»

Ulamolarimiz iblisning shu javobiga tayanib, uning jinlar toifasidan ekanini aytadilar. Iblis farishtalardan edi, degan gaplarni rad qiladilar. Iblis farishtalardan boʻlmasa ham, Alloh taolo farishtalarni odamga sajda qilishga amr etganida, u ham oʻsha yerda bor edi. U ham amrga doxil boʻlgan edi. Badbaxt iblis oʻzining olovdan yaratilganini afzal bildi. Shuning uchun, loydan yaratilgan odamga sajda qilmaslikni, Allohning amriga boʻysunishdan bosh tortishni ravo koʻrdi.

«Uni loydan yaratgansan», dedi.»

Laʼnati iblis kim nimadan yaratilgani emas, balki Allohning ruhi bilan ruhlangani muhim ekanini tan olgisi kelmadi. Shunda: