QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят75

قَالَ يَـٰٓإِبْلِيسُ مَا مَنَعَكَ أَن تَسْجُدَ لِمَا خَلَقْتُ بِيَدَىَّ ۖ أَسْتَكْبَرْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ ٱلْعَالِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U zot: «Ey, iblis, O`z qo`lim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan bo`ldingmi?!» – dedi.У зот: «Эй, иблис, Ўз қўлим билан яратган нарсага сажда қилишингдан сени нима ман қилди?! Мутакаббирлик қилдингми?! Ёки олий даражалилардан бўлдингми?!» – деди.Alauddin Mansour: (Shunda Alloh) dedi: «Ey Iblis, Men Oʻz qoʻllarim bilan yaratgan narsaga — Odamga sajda qilishdan nima seni manʼ qildi?! Kibru havo qildingmi, yoki sen (Odamga nisbatan) yuksak martabali zotlardan edingmi?!»(Шунда Аллоҳ) деди: «Эй Иблис, Мен Ўз қўлларим билан яратган нарсага — Одамга сажда қилишдан нима сени манъ қилди?! Кибру ҳаво қилдингми, ёки сен (Одамга нисбатан) юксак мартабали зотлардан эдингми?!»

457-sahifa · 23-juz · 46-hizb457-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиيَـٰٓإِبْلِيسُey Iblisэй Иблисمَاnimaнимаمَنَعَكَseni man qildiсени ман қилдиأَن-ki-киتَسْجُدَsajda qilishingdanсажда қилишингданلِمَاnarsagaнарсагаخَلَقْتُMen yaratganМен яратганبِيَدَىَّ ۖOʻz qoʻlim bilanЎз қўлим биланأَسْتَكْبَرْتَmutakabbirlik qildingmi?мутакаббирлик қилдингми?أَمْyokiёкиكُنتَboʻldingmiбўлдингмиمِنَ-dan-данٱلْعَالِينَoliy darajalilardanолий даражалилардан
TafsirТафсир

Alloh taolo butun borliqni yaratgan zot. Lekin Oʻzi yaratgan maxluqotlari ichida Odamga alohida ehtimom berganini doimo eslatib turadi. Avval ruhidan puflaganini aytgan edi, endi Oʻz qoʻli bilan yaratganini eslatmoqda. Demak, Odamga sajda qilishga buyurish uni alohida ilohiy ehtimomga sazovor bilish ekan. Shuning uchun, oʻsha amrga boʻysunmagan iblisga tahdid qilib, Alloh taolo:

«Ey iblis, Oʻz qoʻlim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima manʼ qildi?!» – deb soʻramoqda.

Qani ayt-chi! Nima uchun Odamga sajda qilmading?! Nima?!

«Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan boʻldingmi?!» – dedi.»

Men Oʻz qoʻlim bilan yaratgan jonga–Odamga sajda qilmaganing sababi nima? Mutakabbirlik qildingmi?! Kibru havoga berildingmi? Ayt-chi, boisi ne?! Yoki oliy darajalilardan boʻlib, boʻysunmaydigan boʻlib qoldingmi?!

Alloh taolo iblisning nima uchun Odamga sajda qilmaganini juda yaxshi bilar edi. Ammo iblisga aybini oʻz tili bilan eʼtirof qildirish uchun bu savolni berdi. Natijada, iblisning dilidagi marazi tiliga chiqdi.