QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят82

قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U : «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini ig`vo qilaman.У : «Сенинг иззатинг ила қасамки, мен уларнинг барчасини иғво қиламан.Alauddin Mansour: (Iblis) aytdi: «Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta ularning hammasini yoʻldan ozdirurman.(Иблис) айтди: «Энди, Сенинг қудратингга қасамки, албатта уларнинг ҳаммасини йўлдан оздирурман.

457-sahifa · 23-juz · 46-hizb457-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиفَبِعِزَّتِكَbas, izzating ila qasamkiбас, иззатинг ила қасамкиلَأُغْوِيَنَّهُمْalbatta ularni igʻvo qilamanалбатта уларни иғво қиламанأَجْمَعِينَbarchasiniбарчасини
TafsirТафсир

Iblis Alloh taoloning izzati ila qasam ichib, Odam bolalarini qiyomat kunigacha igʻvo qilishni qasd etdi. Shu bilan birga, Allohga ixlos qilgan, Alloh taolo tanlab olgan bandalarga igʻvosi taʼsir qilmasligini ham aytib qoʻydi. Insonni shaytonning igʻvosidan saqlovchi qalqon uning Allohga ixlos bilan ibodat qilishidir. Allohga ixlos bilan ibodat qilmaganlar esa, iblisning igʻvosiga uchrashi turgan gap. Iblisning igʻvosiga uchganlarning oqibatini Alloh taolo oʻsha paytdayoq eʼlon qilib qoʻygan.