فَأَذَاقَهُمُ ٱللَّهُ ٱلْخِزْىَ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَعَذَابُ ٱلْـَٔاخِرَةِ أَكْبَرُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh ularga bu dunyoda xorlikni tottirdi, albatta, oxirat azobi, agar bilsalar, yanada ulkan bo`lur.Аллоҳ уларга бу дунёда хорликни тоттирди, албатта, охират азоби, агар билсалар, янада улкан бўлур.Alauddin Mansour: Bas, Alloh ularga mana shu hayoti dunyoda rasvolikni tortdirdi. Shak-shubhasiz, Oxirat azobi yanada kattaroqdir. Agar ular (Allohning azobini) bilsalar edi (oʻz Paygʻambarlarini yolgʻonchi qilmagan boʻlur edilar).Бас, Аллоҳ уларга мана шу ҳаёти дунёда расволикни тортдирди. Шак-шубҳасиз, Охират азоби янада каттароқдир. Агар улар (Аллоҳнинг азобини) билсалар эди (ўз Пайғамбарларини ёлғончи қилмаган бўлур эдилар).
Oʻsha, avval oʻtgan kofir va mushriklarga Alloh taolo ushbu dunyo hayotidayoq xorlik, sharmandalik azobini tottirib qoʻydi. Agar ular bilsalar, oxirat azobi bu dunyo azobidan ham qattiq, shiddatli boʻladi. Shuning uchun, hozirgi kofir va mushriklar vaqt borida oʻzlarini oʻnglab olsinlar.