وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلْ أَفَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ إِنْ أَرَادَنِىَ ٱللَّهُ بِضُرٍّ هَلْ هُنَّ كَـٰشِفَـٰتُ ضُرِّهِۦٓ أَوْ أَرَادَنِى بِرَحْمَةٍ هَلْ هُنَّ مُمْسِكَـٰتُ رَحْمَتِهِۦ ۚ قُلْ حَسْبِىَ ٱللَّهُ ۖ عَلَيْهِ يَتَوَكَّلُ ٱلْمُتَوَكِّلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» – deb so`rasang, albatta: «Alloh!» – derlar. Sen: «Menga xabar beringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan, Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh menga zararni iroda qilsa, o`shalar Uning zararini aritguvchi bo`la olurlarmi?! Yoki menga marhamatni iroda qilsa, o`shalar Uning marhamatini tutib qolguvchi bo`la olurmi?!» – deb ayt. Sen: «Menga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar Ungagina tavakkal qilurlar», deb ayt.Агар улардан: «Осмонлару ерни ким яратди?» – деб сўрасанг, албатта: «Аллоҳ!» – дерлар. Сен: «Менга хабар беринглар-чи! Сиз илтижо қилаётган, Аллоҳдан бошқа нарсалар, агар Аллоҳ менга зарарни ирода қилса, ўшалар Унинг зарарини аритгувчи бўла олурларми?! Ёки менга марҳаматни ирода қилса, ўшалар Унинг марҳаматини тутиб қолгувчи бўла олурми?!» – деб айт. Сен: «Менга Аллоҳ етарли, таваккал қилгувчилар Унгагина таваккал қилурлар», деб айт.Alauddin Mansour: Qasamki, agar siz ulardan «Osmonlar va Yerni kim yaratgan», deb soʻrasangiz, ular albatta «Alloh», derlar. Ayting: «Endi xabar beringlar-chi, sizlar Allohni qoʻyib duo-iltijo qilayotgan butlaringiz — agar Alloh menga biron ziyon yetkazishni istasa, oʻsha (butlar) U zotning ziyonini arita olguvchimilar? Yoki (Alloh) menga biron marhamat qilishni iroda qilsa, oʻsha (butlar) U zotning marhamatini ushlab qolguvchimilar?!» Ayting: «Menga Allohning Oʻzi yetarlidir. Tavakkul qilguvchi — suyanguvchi zotlar yolgʻiz Unga tavakkul qilurlar».Қасамки, агар сиз улардан «Осмонлар ва Ерни ким яратган», деб сўрасангиз, улар албатта «Аллоҳ», дерлар. Айтинг: «Энди хабар беринглар-чи, сизлар Аллоҳни қўйиб дуо-илтижо қилаётган бутларингиз — агар Аллоҳ менга бирон зиён етказишни истаса, ўша (бутлар) У зотнинг зиёнини арита олгувчимилар? Ёки (Аллоҳ) менга бирон марҳамат қилишни ирода қилса, ўша (бутлар) У зотнинг марҳаматини ушлаб қолгувчимилар?!» Айтинг: «Менга Аллоҳнинг Ўзи етарлидир. Таваккул қилгувчи — суянгувчи зотлар ёлғиз Унга таваккул қилурлар».
Ushbu oyatda mushriklarning mantiqsiz tasarruflari muolaja qilinadi. Ular hech ishga qudrati yetmaydigan turli narsalarga ibodat qilib yuradilar. Oʻsha narsalar osmonlaru yerni yaratmaganini ham yaxshi biladilar.
«Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratdi?» – deb soʻrasang, albatta: «Alloh!» – derlar.»
Alloh yaratdi, deyishdan boshqa ilojlari ham yoʻq. Osmonlaru yerni bizning soxta xudolarimiz yaratdi, deya olmaydilar. Chunki, soxta xudolari yarata olmasligini yaxshi biladilar. Ular, osmonlaru yer oʻzidan-oʻzi yaralib qoldi, ham deya olmaydilar. Chunki, zarracha aqli bor odam hech qachon osmonlaru yerdagi narsalar oʻzidan-oʻzi yaralib qolishini daʼvo qilmaydi. Demak, osmonlaru yerni Alloh yaratgan, deyish mumkin, xolos.
«Sen: «Menga xabar beringlar-chi! Siz iltijo qilayotgan, Allohdan boshqa narsalar, agar Alloh menga zararni iroda qilsa, oʻshalar Uning zararini aritguvchi boʻla olurlarmi?!»– deb ayt.
Agar osmonlaru yerni yaratgan Alloh taolo menga zarar yetkazishni xohlasa, siz ibodat qilib yurgan togʻutlar oʻsha zararni toʻsib qola oladilarmi?!
«Yoki menga marhamatni iroda qilsa, oʻshalar Uning marhamatini tutib qolguvchi boʻla olurmi?!» – deb ayt.»
Yoki aksini olaylik. Alloh menga Oʻzi bir marhamat koʻrsatishni xohlasa, sizning soxta xudolaringiz oʻsha marhamatni tutib qola oladilarmi?! Hech narsa qila olmaydilar. Shuning uchun, Allohdan oʻzgaga iltijo qilish behuda.
«Sen: «Menga Alloh yetarli, tavakkal qilguvchilar Ungagina tavakkal qilurlar», deb ayt.»
Muvahhid bandaga Alloh taoloning oʻzi yetarli. Boshqaning hojati yoʻq. Faqat uning oʻzigina ishonchli suyanchdir. Ey Muhammad, ularga: