وَمَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّضِلٍّ ۗ أَلَيْسَ ٱللَّهُ بِعَزِيزٍ ذِى ٱنتِقَامٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kimni Alloh hidoyatga solsa, bas, uning uchun hech bir zalolatga ketkazguvchi yo`q. Alloh Aziyzu intiqom egasi emasmi?!Кимни Аллоҳ ҳидоятга солса, бас, унинг учун ҳеч бир залолатга кетказгувчи йўқ. Аллоҳ Азийзу интиқом эгаси эмасми?!Alauddin Mansour: Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas, uning uchun biron yoʻldan ozdirguvchi boʻlmas. Alloh qudratli va (Oʻz dushmanlaridan) intiqom olguvchi emasmi?!Кимни Аллоҳ ҳидоят қилса, бас, унинг учун бирон йўлдан оздиргувчи бўлмас. Аллоҳ қудратли ва (Ўз душманларидан) интиқом олгувчи эмасми?!
Shuningdek, hidoyat ham Alloh taoloning ixtiyoridadir. U xohlagan odamni hidoyatga boshlaydi. Alloh hidoyatga solgan odamni esa, hech kim zalolatga ketkaza olmaydi.
«Alloh aziyzu intiqom egasi emasmi?!»
Alloh hammadan gʻolib, ustun zot emasmi?!
Alloh Oʻziga kufr va shirk keltirganlardan intiqom olishga qodir zot emasmi?! Albatta, Alloh aziyz–hammaning ustidan gʻolibdir. Albatta, Alloh kofir va mushriklardan intiqom olishga qodirdir.