مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌ مُّقِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kimga uni rasvo qiladigan azob kelajagini va kimga davomli azob tushajagini», deb ayt.Кимга уни расво қиладиган азоб келажагини ва кимга давомли азоб тушажагини», деб айт.Alauddin Mansour: Kimga rasvo qiladigan azob kelishini va mangu azob tushishini bilajaksizlar!»Кимга расво қиладиган азоб келишини ва мангу азоб тушишини билажаксизлар!»
Yaʼni, ey qavmim, Allohning tavhid yoʻliga yurmay, Unga shirk keltiradigan boʻlsangiz, «...oʻz holingizcha amal qilavering». Oʻz ixtiyoringiz bilan, oʻz xohishingiz va yoʻlingiz bilan amal qilavering. «Albatta, men ham amal qilguvchiman.» Ammo men Allohning aytganiga amal qilaman. «Bas, tezda bilursiz...» Tezda qiyomat qoim boʻlajak, oʻshanda bilasiz. «Kimga uni rasvo qiladigan azob kelajagini...» Kimga sharmanda, xoru zor qiladigan azob kelishini «...va kimga davomli azob tushajagini». Doim ustida muqim turadigan azob tushajagini bilasiz. Mengami, sizlargami? Ey Muhammad!