QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят41

إِنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ لِلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ ۖ فَمَنِ ٱهْتَدَىٰ فَلِنَفْسِهِۦ ۖ وَمَن ضَلَّ فَإِنَّمَا يَضِلُّ عَلَيْهَا ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِوَكِيلٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik. Bas, kim hidoyatga yursa, o`ziga foyda. Kim zalolatga ketsa, o`ziga zarar. Sen ularga vakil (qo`riqchi) emassan.Албатта, Биз одамлар учун сенга китобни ҳақ ила туширдик. Бас, ким ҳидоятга юрса, ўзига фойда. Ким залолатга кетса, ўзига зарар. Сен уларга вакил (қўриқчи) эмассан.Alauddin Mansour: Albatta, Biz sizga bu Kitobni barcha odamlar (bilib, amal qilishlari) uchun haqqi-rost nozil qildik. Bas, kim hidoyat yoʻliga yursa, oʻz foydasiga yurgan boʻlur. Kim (bu hidoyat yoʻlidan) ozsa, faqat oʻzining ziyoniga adashgan boʻlur. Siz ularning ustida vakil — qoʻriqchi emassiz.Албатта, Биз сизга бу Китобни барча одамлар (билиб, амал қилишлари) учун ҳаққи-рост нозил қилдик. Бас, ким ҳидоят йўлига юрса, ўз фойдасига юрган бўлур. Ким (бу ҳидоят йўлидан) озса, фақат ўзининг зиёнига адашган бўлур. Сиз уларнинг устида вакил — қўриқчи эмассиз.

463-sahifa · 24-juz · 47-hizb463-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّآalbatta, Bizалбатта, Бизأَنزَلْنَاtushirdikтуширдикعَلَيْكَsengaсенгаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниلِلنَّاسِodamlar uchunодамлар учунبِٱلْحَقِّ ۖhaq ilaҳақ илаفَمَنِbas, kimбас, кимٱهْتَدَىٰhidoyatga yursaҳидоятга юрсаفَلِنَفْسِهِۦ ۖoʻziga foydaўзига фойдаوَمَنva kimва кимضَلَّzalolatga ketsaзалолатга кетсаفَإِنَّمَاbas, faqatбас, фақатيَضِلُّadashurадашурعَلَيْهَا ۖoʻz zararigaўз зараригаوَمَآva emasва эмасأَنتَsenсенعَلَيْهِمulargaуларгаبِوَكِيلٍvakil-qoʻriqchiвакил-қўриқчи
TafsirТафсир

Odamlarga mazkur azoblardan saqlanish yoʻlini koʻrsatish uchun:

«Albatta, Biz odamlar uchun senga kitobni haq ila tushirdik».

Ha, Qurʼon haq ila tushdi. Uni Haq taolo tushirdi. U haq Paygʻambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tushdi. Qurʼon oʻzi haq boʻlib tushgandir. Qurʼon haqiqat kitobidir. Qurʼon odamlarga va jinlarga har ikki olam haqiqatini bayon qilish uchun tushgandir. Endi hamma narsa ayon.

«Bas, kim hidoyatga yursa, oʻziga foyda.»

Kim aqlini ishlatib, insof qilib hidoyatga yursa, Alloh tushirgan Qurʼonga amal qilsa, oʻziga foyda boʻladi. Boshqa uchun emas. Shuningdek:

«Kim zalolatga ketsa, oʻziga zarar».

Kim shunchalik gap-soʻzdan keyin ham, Alloh unga aql-hush berib, Paygʻambar yuborib, kitob tushirib, haq yoʻlni koʻrsatib qoʻyganidan keyin ham zalolat yoʻlini tanlasa, oʻziga zarar qiladi, boshqaga emas.

«Sen ularga vakil (qoʻriqchi) emassan.»

Ey Paygʻambar, sen koʻp kuyunaverma, sen ularga Alloh taolo tomonidan yuborilgan ogohlantiruvchi elchisan, xolos, ularga vakil (qoʻriqchi) emassan. Hamma uchun haqiqiy vakil–qoʻriqchi Alloh taoloning Oʻzi. Uning Oʻzi bandalarning hamma holatlarini kuzatib, tasarruf qilib turadi.