QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят42

ٱللَّهُ يَتَوَفَّى ٱلْأَنفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَٱلَّتِى لَمْ تَمُتْ فِى مَنَامِهَا ۖ فَيُمْسِكُ ٱلَّتِى قَضَىٰ عَلَيْهَا ٱلْمَوْتَ وَيُرْسِلُ ٱلْأُخْرَىٰٓ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh jonlarni o`limi vaqtida, o`lmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur. Bas, o`lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma'lum muddatgacha qo`yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir.Аллоҳ жонларни ўлими вақтида, ўлмаганларини эса, уйқуси вақтида олур. Бас, ўлишига ҳукм қилганларини ушлаб қолур, қолганларини маълум муддатгача қўйиб юборур. Албатта, бунда тафаккур қиладиган қавмлар учун оят(ибрат)лар бордир.Alauddin Mansour: Jonlarni oʻlim vaqtlarida, (hali-hanuz) oʻlmaganlarini esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur. Bas, Oʻzi oʻlimga hukm qilgan jonlarni (badanlarga qaytarmasdan) ushlab qolur, boshqalarini esa belgilangan bir muddatgacha (yaʼni, ajallari yetgunicha) qoʻyib yuborur. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Жонларни ўлим вақтларида, (ҳали-ҳануз) ўлмаганларини эса ухлаётган пайтларида Аллоҳ олур. Бас, Ўзи ўлимга ҳукм қилган жонларни (баданларга қайтармасдан) ушлаб қолур, бошқаларини эса белгиланган бир муддатгача (яъни, ажаллари етгунича) қўйиб юборур. Албатта бунда тафаккур қиладиган қавм учун оят-ибратлар бордир.

463-sahifa · 24-juz · 47-hizb463-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱللَّهُAllohАллоҳيَتَوَفَّىolurолурٱلْأَنفُسَjonlarniжонларниحِينَvaqtidaвақтидаمَوْتِهَاularning oʻlimiуларнинг ўлимиوَٱلَّتِىva oʻsha (jon)kiва ўша (жон)киلَمْemasэмасتَمُتْoʻlganўлганفِى-da-даمَنَامِهَا ۖuyqusidaуйқусидаفَيُمْسِكُbas, ushlab qolurбас, ушлаб қолурٱلَّتِىoʻsha (jon)niўша (жон)ниقَضَىٰhukm qilganҳукм қилганعَلَيْهَاungaунгаٱلْمَوْتَoʻlimniўлимниوَيُرْسِلُva qoʻyib yuborurва қўйиб юборурٱلْأُخْرَىٰٓqolganlariniқолганлариниإِلَىٰٓ-gacha-гачаأَجَلٍۢmuddatмуддатمُّسَمًّى ۚmaʼlumмаълумإِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَـٰتٍۢoyat-ibratlar bordirоят-ибратлар бордирلِّقَوْمٍۢqavmlar uchunқавмлар учунيَتَفَكَّرُونَtafakkur qiladiganтафаккур қиладиган
TafsirТафсир

Ushbu oyat maʼnolari ham Alloh taoloning vahdoniyatiga yorqin dalildir. Dunyodagi barcha ishlar yolgʻiz U zotning Oʻziga bogʻliqligini bildiradi.

«Alloh jonlarni oʻlimi vaqtida, oʻlmaganlarini esa, uyqusi vaqtida olur.»

Har lahzada qanchadan-qancha odamlar jon beradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni maʼlum muddat uxlaydi, oʻshanda u oʻlikka oʻxshab yotadi. Uning joni nima boʻladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor.

Jonlarni oʻlim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan zot Allohdir. Tandan jon chiqishi «katta vafot», uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi «kichik vafot» deyiladi. Chunki, uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan boʻladi.

«Bas, oʻlishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini maʼlum muddatgacha qoʻyib yuborur.»

Kimning qazosi yetgan boʻlsa, uyqusidan qayta uygʻonmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolaveradi. Alloh ajali yetmaganlarning jonini qoʻyib yuboradi. Ular belgilangan ajalgacha yashab yuradilar.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam har kech yotayotganlarida: «Robbim, sening isming ila yonimni qoʻydim. Sen bilan uni koʻtarurman. Agar jonimni tutib qolsang, uni magʻfirat qilgin. Agar uni qoʻyib yuboradigan boʻlsang, uni solihlarni muhofaza etadigan narsa ila muhofaza qilgin», degan duoni oʻqib uyquga ketar edilar.

«Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir.»

Chunki, ularning joni doimo Allohning qoʻlida. U zot ul jonni xohlagan lahzasida olib qoʻyishi mumkin. Keyin esa, albatta, hisob- kitob qiladi. Soʻrab-surishtiradi. U vaqtda nima qiladilar?!