QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят43

أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ شُفَعَآءَ ۚ قُلْ أَوَلَوْ كَانُوا۟ لَا يَمْلِكُونَ شَيْـًٔا وَلَا يَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki Allohdan o`zga shafoatchilar tutganlarmi?! Sen: «Axir, ular biror narsaga ega bo`lmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» – deb ayt.Ёки Аллоҳдан ўзга шафоатчилар тутганларми?! Сен: «Ахир, улар бирор нарсага эга бўлмасалар ва бирор нарсани англамасалар ҳам-а?!» – деб айт.Alauddin Mansour: (Yoʻq, mushriklar tafakkur qilmadilar), balki ular Allohdan oʻzga «oqlovchilar»ni (yaʼni, oʻzlarining gumonlaricha ularni Alloh huzurida shafoat qiladigan «oqlovchilar»ni — butlarni) ushladilar. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «(Oʻsha jonsiz butlar sizlarni oqlaydimi?!) Agar ular biron narsaga ega boʻla olmaydigan va (biron narsani) anglamaydigan boʻlsalar ham-a!».(Йўқ, мушриклар тафаккур қилмадилар), балки улар Аллоҳдан ўзга «оқловчилар»ни (яъни, ўзларининг гумонларича уларни Аллоҳ ҳузурида шафоат қиладиган «оқловчилар»ни — бутларни) ушладилар. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «(Ўша жонсиз бутлар сизларни оқлайдими?!) Агар улар бирон нарсага эга бўла олмайдиган ва (бирон нарсани) англамайдиган бўлсалар ҳам-а!».

463-sahifa · 24-juz · 47-hizb463-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمِyokiёкиٱتَّخَذُوا۟tutganlarmiтутганлармиمِن-dan-данدُونِoʻzgaўзгаٱللَّهِAllohАллоҳشُفَعَآءَ ۚshafoatchilarшафоатчиларقُلْsen aytсен айтأَوَلَوْaxir, hattoахир, ҳаттоكَانُوا۟ular boʻlsalar hamулар бўлсалар ҳамلَاemasэмасيَمْلِكُونَega boʻlurlarэга бўлурларشَيْـًۭٔاbiror narsagaбирор нарсагаوَلَاva emasва эмасيَعْقِلُونَanglarlarангларлар
TafsirТафсир

Nima uchun kofir va mushriklar Allohning tavhidiga yurmaydilar?! Unga kufr va shirk keltiradilar?!

«Yoki Allohdan oʻzga shafoatchilar tutganlarmi?!»

Allohdan boshqa oʻsha shafoatchilari qiyomat kunida ularni shafoat qilib, oqlab, qutqarib qoladilarmi?! Agar ular oʻzlaricha, soxta xudolar bizni qiyomat kuni shafoat qiladilar, deb yurgan boʻlsalar, ularga:

«Sen: «Axir, ular biror narsaga ega boʻlmasalar va biror narsani anglamasalar ham-a?!» – deb ayt».

Ey, mushriklar, axir, Allohdan oʻzga tutgan but-sanamlaringiz biror narsaga ega boʻlmasalar ham, sizni shafoat qilishlariga ishonasizlarmi?!

Ey, mushriklar, axir, Allohdan oʻzga tutgan but-sanamlaringiz biror narsani anglamasalar ham, shafoat qiladilar, deb oʻylaysizmi?!

Yoʻq, ular ham, ulardan boshqalar ham hech kimni shafoat qila olmaydi!

Ey Paygʻambar!