قُل لِّلَّهِ ٱلشَّفَـٰعَةُ جَمِيعًا ۖ لَّهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Barcha shafoat yolg`iz Allohnikidir. Osmonlaru yerning mulki(egaligi) ham yolg`iz Unikidir. So`ngra Ungagina qaytarilursizlar», deb ayt.Сен: «Барча шафоат ёлғиз Аллоҳникидир. Осмонлару ернинг мулки(эгалиги) ҳам ёлғиз Уникидир. Сўнгра Унгагина қайтарилурсизлар», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Barcha shafoat-oqlov yolgʻiz Allohnikidir. Osmonlar va Yerning podshohligi ham Unikidir. Soʻngra (barchalaringiz) yolgʻiz Ungagina qaytarilursizlar».Айтинг: «Барча шафоат-оқлов ёлғиз Аллоҳникидир. Осмонлар ва Ернинг подшоҳлиги ҳам Уникидир. Сўнгра (барчаларингиз) ёлғиз Унгагина қайтарилурсизлар».
Ey Muhammad, mushriklarga
«Sen: «Barcha shafoat yolgʻiz Allohnikidir», deb ayt.
Ha, shafoat yolgʻiz Alloh taoloning Oʻzigagina xos. Boshqa hech kim hech qachon shafoat qila olmaydi. Ayniqsa, hech narsaga ega boʻlmagan, hech narsani anglamaydigan butu sanamlarning qoʻlidan bir ish kelmaydi.
«Osmonlaru yerning mulki(egaligi) ham yolgʻiz Unikidir.»
Mulkda hech kim Alloh taologa sherik boʻla olmaydi. Shuning uchun, shafoat (oqlovda) ham U zotga hech kim sherik boʻlmaydi.
«Soʻngra Ungagina qaytarilursizlar», deb ayt.»
Faqat yolgʻiz Allohgagina qaytarilasizlar. Undan boshqa hech kim sizni shafoat qilmaydi. Bu hodisalar kishilarni Allohning tavhidiga chaqiradi, Allohning vahdoniyatiga dalil boʻladi.