وَإِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَحْدَهُ ٱشْمَأَزَّتْ قُلُوبُ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ ۖ وَإِذَا ذُكِرَ ٱلَّذِينَ مِن دُونِهِۦٓ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki Allohning yolg`iz O`zi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar. Qachonki Undan o`zgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar.Қачонки Аллоҳнинг ёлғиз Ўзи зикр қилинса, охиратга иймон келтирмайдиганларнинг қалблари сиқилиб кетар. Қачонки Ундан ўзгалар зикр қилинсалар, бирдан шодланиб кетарлар.Alauddin Mansour: Qachon yolgʻiz Alloh zikr qilinsa, Oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning dillari siqilib ketar. Qachon U zotdan oʻzga butlar zikr qilinganida esa banogoh ular shodlanib keturlar.Қачон ёлғиз Аллоҳ зикр қилинса, Охиратга иймон келтирмайдиган кимсаларнинг диллари сиқилиб кетар. Қачон У зотдан ўзга бутлар зикр қилинганида эса баногоҳ улар шодланиб кетурлар.
Ushbu oyati karimada mushriklarning ularning huzurida Allohni zikr qilingandagi holi bayon qilinmoqda.
«Qachonki Allohning yolgʻiz Oʻzi zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydiganlarning qalblari siqilib ketar.»
Ha, kofir va mushriklarga Alloh taolo eslatilib, Allohning diniga chaqirilsa, yuraklari siqiladi. Ammo Allohdan boshqa turli soxta xudolar, Allohning yoʻlidan boshqa turli yoʻllar, Allohning shariatidan boshqa turli qonun-qoidalar zikr qilinsa, shodlanib ketadilar.
«Qachonki Undan oʻzgalar zikr qilinsalar, birdan shodlanib ketarlar.»
Bu ish Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlarida ham, keyingi davrlarda ham koʻp boʻlgan. Hozir ham bor.
Ey Paygʻambar: