QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят46

قُلِ ٱللَّهُمَّ فَاطِرَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ عَـٰلِمَ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ أَنتَ تَحْكُمُ بَيْنَ عِبَادِكَ فِى مَا كَانُوا۟ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Ey Allohim! Osmonlaru yerni yaratgan Zot! Foyib va oshkorni bilguvchi Zot! Sening O`zing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt.Сен: «Эй Аллоҳим! Осмонлару ерни яратган Зот! Fойиб ва ошкорни билгувчи Зот! Сенинг Ўзинг бандаларнинг орасида улар ихтилоф қилиб юрган нарсаларда ҳукм қилурсан», деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Ey Alloh, (ey) osmonlar va Yerni ilk yaratguvchi Zot, (ey) gʻaybu shahodatni (yaʼni, yashirin va oshkor narsalarni) bilguvchi Zot, yolgʻiz Oʻzinggina bandalaring oʻrtasida ular ixtilof qilib oʻtgan narsalar haqida hukm qilursan».Айтинг: «Эй Аллоҳ, (эй) осмонлар ва Ерни илк яратгувчи Зот, (эй) ғайбу шаҳодатни (яъни, яширин ва ошкор нарсаларни) билгувчи Зот, ёлғиз Ўзинггина бандаларинг ўртасида улар ихтилоф қилиб ўтган нарсалар ҳақида ҳукм қилурсан».

463-sahifa · 24-juz · 47-hizb463-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلِsen aytсен айтٱللَّهُمَّey Allohimэй Аллоҳимفَاطِرَyaratgan zotяратган зотٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِva yerniва ерниعَـٰلِمَbilguvchi zotбилгувчи зотٱلْغَيْبِgʻoyibniғойибниوَٱلشَّهَـٰدَةِva oshkorniва ошкорниأَنتَSening OʻzingСенинг Ўзингتَحْكُمُhukm qilursanҳукм қилурсанبَيْنَorasidaорасидаعِبَادِكَbandalaringбандаларингفِى-da-даمَاnarsalardaнарсалардаكَانُوا۟ular boʻlganулар бўлганفِيهِundaундаيَخْتَلِفُونَixtilof qilibихтилоф қилиб
TafsirТафсир

Alloh taolo oʻtgan oyatda mushriklarning fikrlari qotib qolganini, Allohning zikridan qalblari siqilishi, Allohdan oʻzgalar zikr qilinsa, shodlanishlari haqida xabar berganidan keyin, bu oyatda Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga buyurib, U zotni Oʻziga iltijo ila duo qilishga oʻrgatyapti.

«Ey Allohim!»

Ey, ibodatimga sazovor yakkayu yolgʻiz zot!

«Osmonlaru yerni yaratgan zot!»

Ey, osmonlarni ham, yerni ham yoʻqdan bor qilgan zot! Sendan boshqa hech bir zot bu ishni qila olmaydi. Zero, osmonlaru yerda faqat Sening hukming yuradi, xolos!

«Foyib va oshkorni bilguvchi zot!»

Sen hamma narsani, shu jumladan, men bilan mushriklarning orasida boʻlayotgan mojarolarni ham ochiq-oydin bilib turibsan.

«Sening Oʻzing bandalarning orasida ular ixtilof qilib yurgan narsalarda hukm qilursan», deb ayt.»

Sendan boshqa hech kim hukm chiqarmaydi. Men bilan mushriklar orasida ham Oʻzing hukm qil. Men Sening amring ila odamlarni tavhidga–faqat yolgʻiz Senga ibodat qilishga chaqirmoqdaman, ular boʻlsa, Senga shirk keltirib, boshqa xudolarga ibodat etmoqdalar.