QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят47

وَلَوْ أَنَّ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا وَمِثْلَهُۥ مَعَهُۥ لَٱفْتَدَوْا۟ بِهِۦ مِن سُوٓءِ ٱلْعَذَابِ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ وَبَدَا لَهُم مِّنَ ٱللَّهِ مَا لَمْ يَكُونُوا۟ يَحْتَسِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar zulm etganlarga yer yuzidagi barcha narsa va u bilan yana shu qadar narsa berilsa ham, qiyomat kuni yomon azobga to`lov qilib yuborishlari aniq. Va ularga Alloh tomonidan o`zlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir bo`lur.Агар зулм этганларга ер юзидаги барча нарса ва у билан яна шу қадар нарса берилса ҳам, қиёмат куни ёмон азобга тўлов қилиб юборишлари аниқ. Ва уларга Аллоҳ томонидан ўзлари хаёлларига ҳам келтирмаган нарсалар зоҳир бўлур.Alauddin Mansour: Agar zolim-kofir kimsalar uchun Yerdagi bor narsa va u bilan birga yana oʻshaning mislicha narsa boʻlsa, albatta ular Qiyomat Kunidagi azobning yomonligidan, oʻsha (qoʻllaridagi bor narsalarini) toʻlov qilib berib yuborgan boʻlur edilar. (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular oʻylab ham koʻrmagan narsalar — azoblar koʻrindi.Агар золим-кофир кимсалар учун Ердаги бор нарса ва у билан бирга яна ўшанинг мислича нарса бўлса, албатта улар Қиёмат Кунидаги азобнинг ёмонлигидан, ўша (қўлларидаги бор нарсаларини) тўлов қилиб бериб юборган бўлур эдилар. (Чунки у Кунда) уларга Аллоҳ томонидан улар ўйлаб ҳам кўрмаган нарсалар — азоблар кўринди.

463-sahifa · 24-juz · 47-hizb463-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарأَنَّhaqiqatanҳақиқатанلِلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаظَلَمُوا۟zulm etganзулм этганمَاnarsaнарсаفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuziер юзиجَمِيعًۭاbarchasiбарчасиوَمِثْلَهُۥva yana shuncha narsaва яна шунча нарсаمَعَهُۥu bilan birgaу билан биргаلَٱفْتَدَوْا۟toʻlov qilib yuborishlari aniqтўлов қилиб юборишлари аниқبِهِۦu bilanу биланمِن-dan-данسُوٓءِyomonligidanёмонлигиданٱلْعَذَابِazobningазобнингيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۚqiyomatқиёматوَبَدَاva zohir boʻlurва зоҳир бўлурلَهُمulargaуларгаمِّنَ-dan-данٱللَّهِAlloh tomonidanАллоҳ томониданمَاnarsalarнарсаларلَمْemasэмасيَكُونُوا۟ular boʻlganулар бўлганيَحْتَسِبُونَxayollariga keltirganхаёлларига келтирган
TafsirТафсир

Kofir va mushriklar bu dunyoda gerdayganlari, talashib-tortishganlari bilan, Allohning nomi zikr qilinsa, yuraklari siqilib, Allohdan oʻzga «xudo»lari nomini eshitsalar, shodon boʻlganlari bilan, qiyomat kuni hollari xarob boʻladi. Gerdayish va manmanliklaridan asar ham qolmaydi. Qiyomat qoim boʻlib, oʻzlariga beriladigan azobni tushunib yetganlarida, azobdan qutulish uchun bor-yoʻq dunyolarini berishga tayyor turadilar. Ammo bu toʻlov kimga ham kerak? Qiyomat kunining qozisi pora ham, toʻlov ham olmaydi. U behojat zot. Uning huzurida kofir va mushriklar uchun amallariga yarasha jazo bor, xolos. U kuni ulardan hech bir toʻlov olinmaydi.

«Va ularga Alloh tomonidan oʻzlari xayollariga ham keltirmagan narsalar zohir boʻlur.»

Ular oʻylab xayollariga keltirmagan, uxlab tushlarida ham koʻrmagan turli-tuman azob-uqubatlarga giriftor boʻladilar.