QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят48

وَبَدَا لَهُمْ سَيِّـَٔاتُ مَا كَسَبُوا۟ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga o`zlari kasb qilgan narsalarning yomonligi zohir bo`lur va ularni o`zlari masxara qilib yurgan narsa o`rab olur.Ва уларга ўзлари касб қилган нарсаларнинг ёмонлиги зоҳир бўлур ва уларни ўзлари масхара қилиб юрган нарса ўраб олур.Alauddin Mansour: Ularga oʻzlari kasb qilgan yomonliklari oshkor boʻldi va ularni oʻzlari (dunyodalik chogʻlarida) masxara qilib oʻtgan azob oʻrab oldi.Уларга ўзлари касб қилган ёмонликлари ошкор бўлди ва уларни ўзлари (дунёдалик чоғларида) масхара қилиб ўтган азоб ўраб олди.

464-sahifa · 24-juz · 47-hizb464-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَبَدَاva zohir boʻlurва зоҳир бўлурلَهُمْulargaуларгаسَيِّـَٔاتُyomonliklariёмонликлариمَاnarsalarningнарсаларнингكَسَبُوا۟oʻzlari kasb qilganўзлари касб қилганوَحَاقَva oʻrab olurва ўраб олурبِهِمularniуларниمَّاnarsaнарсаكَانُوا۟ular boʻlganулар бўлганبِهِۦuniуниيَسْتَهْزِءُونَmasxara qilib yurganмасхара қилиб юрган
TafsirТафсир

Kufr va shirk keltirgan oʻsha zolimlarga qiyomat kuni oʻzlari kasb qilgan narsalarning yomonligi evaziga beriladigan azoblar zohir boʻladi. Shu bilan birga, ularni bu dunyoda oʻzlari masxaralab yurgan oxirat azobi oʻrab oladi. Buguncha ular qiyomatga, unda oʻzlari kabi kofir va mushriklar uchun turli azoblar berilishiga ishonmay, u azobni masxara qilib yuradilar. Ammo ertaga–qiyomat kuni ularni aynan oʻzlari masxara qilgan azoblar oʻrab oladi.

Qizigʻi shundaki, kofir va mushriklar Alloh zikr qilinganda yuraklari siqilsa ham, boshlariga musiybat tushib, oʻzlariga zarar yetganda, boshqacha boʻlib qoladilar.