QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят49

فَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَـٰنَ ضُرٌّ دَعَانَا ثُمَّ إِذَا خَوَّلْنَـٰهُ نِعْمَةً مِّنَّا قَالَ إِنَّمَآ أُوتِيتُهُۥ عَلَىٰ عِلْمٍۭ ۚ بَلْ هِىَ فِتْنَةٌ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur. So`ngra unga Biz O`zimizdan ne'mat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der. Yo`q! U sinovdir. Lekin ko`plari bilmaslar.Бас, қачонки инсонни зарар тутса, у Бизга дуо қилур. Сўнгра унга Биз Ўзимиздан неъмат берсак: «Албатта, бу менга илмим туфайли берилди», дер. Йўқ! У синовдир. Лекин кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Bas, qachon insonni biron ziyon ushlasa, U bizga duo-iltijo qilur. Soʻngra qachon Biz Oʻz tomonimizdan unga biron neʼmat ato etsak, u «Hech shak-shubhasiz, bu (neʼmat) menga oʻzimning bilimdonligim sababli berildi», der. (Yoʻq, u neʼmat oʻsha insonning saʼy-harakati va donoligi uchun berilgan emas), balki u (oʻsha bandaning shukr yo koʻrnamaklik qilishini bilish uchun) bir sinov — imtihondir. Lekin ularning koʻplari bilmaslar.Бас, қачон инсонни бирон зиён ушласа, У бизга дуо-илтижо қилур. Сўнгра қачон Биз Ўз томонимиздан унга бирон неъмат ато этсак, у «Ҳеч шак-шубҳасиз, бу (неъмат) менга ўзимнинг билимдонлигим сабабли берилди», дер. (Йўқ, у неъмат ўша инсоннинг саъй-ҳаракати ва донолиги учун берилган эмас), балки у (ўша банданинг шукр ё кўрнамаклик қилишини билиш учун) бир синов — имтиҳондир. Лекин уларнинг кўплари билмаслар.

464-sahifa · 24-juz · 47-hizb464-саҳифа · 24-жуз · 47-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиمَسَّtutsaтутсаٱلْإِنسَـٰنَinsonniинсонниضُرٌّۭzararзарарدَعَانَاu Bizga duo qilurу Бизга дуо қилурثُمَّsoʻngraсўнграإِذَاqachonkiқачонкиخَوَّلْنَـٰهُunga bersakунга берсакنِعْمَةًۭneʼmatнеъматمِّنَّاOʻzimizdanЎзимизданقَالَderдерإِنَّمَآalbatta, faqatалбатта, фақатأُوتِيتُهُۥbu menga berildiбу менга берилдиعَلَىٰtufayliтуфайлиعِلْمٍۭ ۚilmimилмимبَلْyoʻq!йўқ!هِىَuуفِتْنَةٌۭsinovdirсиновдирوَلَـٰكِنَّlekinлекинأَكْثَرَهُمْkoʻplariкўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilurlarбилурлар
TafsirТафсир

Bu dunyoda Allohga shirku kufr keltirib, undan oʻzgaga iltijo qilib, Alloh zikr qilinganda yuragi siqilib, peshonasi tirishib, Allohdan oʻzgalar zikr qilinganda shodlanib yurgan insonni qarang!

«Bas, qachonki insonni zarar tutsa, u Bizga duo qilur.»

Boshiga musiybat tushsa, balo-ofat kelsa, oʻshanday kimsa ham soxta xudolariga emas, Alloh taologa yolvoradi. Chunki, musiybat va balo-ofat rejasiz keladi, oldindan oʻylab, reja tuzib qoʻyib boʻlmaydi. Ogʻir musiybat vaqtida manmanlik va takabburlik ham qolmaydi, insonning fitrati–sof tabiati ochiladi. Insonning fitratida esa, Alloh taoloning vahdoniyatini tan olish xususiyati bor. Shu bois, har qanday inson u qanchalik kofir, qanchalik mushrik boʻlmasin, boshiga musiybat tushib, zararga yuz tutsa, faqat Alloh taoloning Oʻziga yolvoradi.

«Soʻngra unga Biz Oʻzimizdan neʼmat bersak: «Albatta, bu menga ilmim tufayli berildi», der.»

Alloh taolo undan zararni olib, unga yana tinchlik-omonlik va ofiyatni bersa, u eski holatiga qaytadi. Alloh bergan neʼmatni, tinchlik-omonlik, ofiyat va yaxshiliklarni oʻz ilmim, xatti-harakatim bilan topdim, deb daʼvo qila boshlaydi.

«Yoʻq! U sinovdir.»

«Yoʻq!» Bu daʼvo notoʻgʻri. U berilgan neʼmatlarni oʻz ilmi tufayli topgani yoʻq.

«U sinovdir.»

Unga berilgan neʼmat, qani, bu neʼmatga shukr qilarmikan yoki noshukrlik qilarmikan, degan sinovdir.

«Lekin koʻplari bilmaslar.»

Natijada, oʻzlariga berilgan neʼmat uchun Allohga shukr qilish oʻrniga, uni unday qilib topdim, buni bunday qilib topdim, deb maqtanib yuradi.